Qo'llash usuli
Agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, tavsiya etilgan dozasi quyidagicha:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: odatda, dozasi 1 tabletka kuniga 3 marta, dastlabki 2-3 kun davomida (90 mg ambroksol gidrokloridga teng). Davolashni davom ettirish 1 tabletka kuniga 2 marta (60 mg ambroksol gidrokloridga teng).
Agar zarur bo'lsa, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun terapevtik ta'sir 2 tabletka kuniga 2 marta (120 mg ambroksol gidrokloridga teng) qo'llanilishi bilan kuchaytirilishi mumkin.
Tabletkalarni butunlay yutish kerak, yetarli miqdorda suyuqlik (masalan, suv, choy yoki meva sharbati) bilan ovqatdan keyin ichish kerak.
Umuman olganda, qo'llash davomiyligi bo'yicha cheklovlar yo'q, lekin uzoq muddatli terapiya nazorat ostida o'tkazilishi kerak.
Dori vositasini shifokor bilan maslahatlashmasdan 4-5 kundan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi.
Bollar. 12 yoshdan oshgan bolalarga qo'llaniladi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun dori vositasining belgilangan dozalariga erishish uchun ambroksolning tegishli faol modda miqdoriga ega dori shakllarini qo'llash kerak, masalan, Ambroksol-Zdorovye, sirop, 15 mg/5 ml, Ambroksol-Zdorovye forte, sirop, 30 mg/5 ml.