Qo'llash usuli
Har doim dori vositasini shifokoringiz yoki dorixonadagi xodimning tavsiyalariga to'liq muvofiq ravishda qo'llang. Shubhalar paydo bo'lganda shifokor yoki dorixonadagi xodim bilan maslahatlashishingizni tavsiya qilamiz.
Tavsiya etilgan dozasi
O'smirlarga odatda kuniga 2-3 marta bir ampula (30-45 mg/kunga) tayinlanadi, og'ir holatlarda dozani oshirish mumkin: kuniga 2-3 marta 2 ampula (60-90 mg/kunga).
Bola uchun qo'llanilishi:
- Bollarga dori vositasi kunlik dozada 1,2 - 1,6 mg 1 kg tana vazniga asoslanib tayinlanadi.
- Odatda 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 2 marta 1 ml (1/2 ampula) tayinlanadi (15 mg/kunga);
- 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 3 marta 1 ml (1/2 ampula) tayinlanadi (22,5 mg/kunga);
- 5 yoshdan katta bolalarga kuniga 2-3 marta 2 ml (1 ampula) tayinlanadi (30-45 mg/kunga).
Qo'llash yo'li va usuli:
Ambrobene dori vositasi venaga (sekin oqimda yoki tomchilab) kiritiladi. Erituvchi sifatida 0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% glukoz eritmasi, Ringer-Lock eritmasi yoki pH 6,3 dan yuqori bo'lmagan boshqa asosiy eritma qo'llaniladi.
Eritma venaga sekin, kamida 5 daqiqa davomida kiritilishi kerak.
Ambrobene dori vositasi sizga tibbiyot muassasasining maxsus bo'limida shifokor nazorati ostida kiritiladi.
Terapiyaning davomiyligi:
In'ektsiyalar kasallikning o'tkir belgilari yo'qolganidan so'ng to'xtatiladi va dori vositasining boshqa shakllarini ichga qabul qilishga o'tiladi.
Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga qarab individual ravishda tanlanadi.