Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Ambro 15 mg/5 ml 100 ml og'iz orqali yuborish uchun sirop
Ambro 15 mg/5 ml 100 ml og'iz orqali yuborish uchun sirop
Ishlab chiqaruvchi: Химфарм
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    2 yoshdan

Mavjud
26 163 so'm 32 300 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari ambro 15 mg/5 ml 100 ml og'iz orqali yuborish uchun sirop
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Sirop
  • Dozalash
    15 mg / 5 ml
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    100 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    5 ml preparatda faol modda ambroksol gidroxlorid 15,0 mg; yordamchi moddalari: sorbitol 70%, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, limon kislotasi monogidrat, natriy sitrat, oziq-ovqat aromatizatori, 0,1 M natriy gidroksidi eritmasi, tozalangan suv. 5 ml preparatda faol modda ambroksol gidroxlorid 30,0 mg; yordamchi moddalari: sorbitol 70%, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, limon kislotasi monogidrat, natriy sitrat, oziq-ovqat aromatizatori, 0,1 M natriy gidroksidi eritmasi, tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    Sekretolitik davolash o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklarida, sekretsiya buzilishi va balg'am ajralishi qiyinlashgan hollarda qo'llaniladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - ambroksol gidroxlorid faol moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
     
    Ambro® 15 mg/ 5 ml

    Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar:

    Dastlabki 2-3 kun davolashda kuniga 3 marta 10 ml qabul qilinadi (bu kuniga 90 mg ambroksolga teng), keyingi kunlarda kuniga 2 marta 10 ml (bu kuniga 60 mg ambroksolga teng).

    Zarur bo‘lsa, kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda terapevtik ta’sir dozani kuniga 2 marta 20 ml gacha oshirish bilan kuchaytirilishi mumkin (bu kuniga 120 mg ambroksol gidroxloridga teng).

    Maxsus bemor guruhlari

    Bolalar

    Alohida yosh toifalari uchun quyidagi dozalash qo‘llaniladi:

    2 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 2 marta 2,5 ml qabul qiladilar (bu kuniga 15 mg ambroksolga teng).

    2-5 yoshli bolalar kuniga 3 marta 2,5 ml qabul qiladilar (bu kuniga 22,5 mg ambroksolga teng).

    5-12 yoshli bolalar kuniga 2-3 marta 5 ml qabul qiladilar (bu kuniga 30-45 mg ambroksolga teng).

    Ambro® 30 mg/ 5 ml

    Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar:

    Dastlabki 2-3 kun davolashda kuniga 3 marta 5 ml, keyingi kunlarda kuniga 2 marta 5 ml qabul qilinadi.

    Maxsus bemor guruhlari

    Bolalar

    12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dozalash rejimi kasallikning klinik og‘irligiga qarab belgilanadi:

    1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 2 marta 1,25 ml.

    2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 3 marta 1,25 ml.

    6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 2-3 marta 2,5 ml.

    Qo‘llash usuli va yo‘li

    Og‘iz orqali qabul qilish uchun

    2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng ko‘rsatiladi

    Qabul qilish tez-tezligi va vaqti

    Preparatni ovqat qabul qilishdan qat’i nazar qabul qilish mumkin. 

  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo'ya ta'sirlar tez-tezligini aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha), kamdan-kam (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (< 1/10000). Tez-tez tam sezgilarining o'zgarishi; tomoq shilliq qavatining sezgirligi pasayishi; ko'ngil aynishi; og'iz shilliq qavatining sezgirligi pasayishi. Kamdan-kam diareya; qusish; oziqlanish buzilishlari; og'iz qurishi; qorin og'rig'i; isitma; shilliq qavatning mahalliy reaksiyalari. Kam gipersensitivlik reaksiyalari; to'shish; urtikariya; tomoq qurishi. Juda kam so'lak ajralishining oshishi. Juda kamdan-kam/ Yakka holatlarda va boshqalar anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok); angioedema (teri, teri osti qatlamlari, shilliq qavatlar yoki shilliq osti asosining tez rivojlanadigan shishi); qichishish; og'ir teri reaksiyalari (shu jumladan ko'p shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromi/ toksik epidermal nekroliz va o'tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz pustulez); dem olishda qiyinchilik (gipersensitivlik reaksiyasi belgisi sifatida).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Doklinik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ambroksol nafas yo'llarida shilliq sekretsiyasini oshiradi. U kiprikli epiteliy hujayralarining harakat faolligini oshiradi, balg'amning mukotsiliyar transportini kuchaytiradi, bu kliniko-farmakologik tadqiqotlarda namoyon bo'lgan. Balg'am sekretsiyasining oshishi va mukotsiliyar klirens balg'am ajralishini va yo'talni yengillashtiradi. Ambroksolning mahalliy anestezik ta'siri dozaga bog'liq qaytar blokada bilan klonlangan neyron natriy kanallariga bog'liq. Ambroksol gidroxlorid ta'sirida sitokinlarning qondan, shuningdek to'qima mononuklear va polimorfonuklear hujayralardan ajralishi sezilarli darajada kamayadi. Tomoq og'rig'i bo'lgan bemorlardagi ma'lumotlar tomoq og'rig'i va qizarishining sezilarli darajada kamayishini ko'rsatdi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Ambroksol gidroxloridni antibiotiklar (amoksitsillin, tsefuroksim, eritromitsin, doksitsiklin) bilan birga qo'llash antibiotiklarning o'pka to'qimalaridagi konsentratsiyasini oshiradi. Ambro preparatini yo'talni bostiruvchi moddalar (kodein kabi antitusiv vositalar) bilan birga qo'llash yo'talni bostirish fonida balg'am ajralishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bu moddalarni ambroksol gidroxlorid bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi. Boshqa preparatlar bilan klinik ahamiyatli nojo'ya o'zaro ta'sirlar haqida xabar berilmagan.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    5 ml Ambro® sirop tarkibida 2,1 g sorbitol mavjud, maksimal sutkalik doza (20 ml) tarkibida 8,4 g gacha sorbitol mavjud. Fruktozani irsiy o‘zlashtira olmaslikda bemorlarga qo‘llash mumkin emas. Sorbitol o‘rtacha ich ketkazuvchi ta’sirga ega; sorbitolning kaloriyaliligi - 2,6 kkal/g.

    Preparat tarkibida metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat mavjud, bu kechikkan tipdagi allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Homiladorlik yoki laktatsiya davrida

    Ambroksol gidroxlorid platsentar to‘siqdan o‘tadi. Ambroksol gidroxloridni 28-haftadan keyin qo‘llash (shu jumladan, ambroksol gidroxloridni prenatal yuborish nafas olish distress sindromining oldini olish uchun) homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga oid hech qanday dalillar aniqlanmagan. Biroq, homiladorlik davrida, ayniqsa birinchi trimestrda, dori vositalarini qabul qilishning umumiy qoidalariga rioya qilish kerak.

    Ambroksol gidroxlorid ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun preparatni emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.

    Preparatning transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari

    Preparatning avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri haqida ma’lumot yo‘q. Mos tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

    Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar 

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Сироп Амбро помог моему ребенку с кашлем, спасибо Oxymed за качественный продукт.
    06 August 2024
    0
    0
  • Davron
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, быстрая доставка! Рекомендую всем!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico