-
Tarkibi
Mayda dengiz baliqlaridan bioaktiv ekstrakt – 1,0 ml quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ta’sir etuvchi modda: mayda dengiz baliqlaridan kontsentrlangan ekstrakt - 0,1 g/ml.
Yordamchi modda: fenol - 0,005 g/ml gacha; in'ektsiya uchun suv 1,0 ml gacha.
In'ektsiya uchun eritma.
1,0 ml yoki 2,0 ml dan CHC-1 markali yorug‘likdan himoyalangan shisha yoki 1-gidrolitik sinfdagi jigar rangli (NB) import shisha ampulalarda.
5 ta ampula polivinilxlorid plyonkadan tayyorlangan konturli yacheykali qadoqqa joylanadi.
-
Qo'llanilishi
AMBENE® BIO kattalarda birlamchi va ikkilamchi osteoartrozning turli lokalizatsiyalarida (koksartroz, gonartroz, mayda bo‘g‘imlar artrozi), osteoxondroz va spondilezda qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik
Homiladorlik va laktatsiya davri
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi (mazkur toifadagi bemorlarda klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli)
-
Qo'llash usuli
Poliosteoartroz va osteoxondrozda preparat chuqur mushak ichiga yuboriladi:
1 ml dan kuniga, davolash kursi 20 inyektsiyani tashkil etadi (20 kun davomida har kuni 1 inyektsiya)
yoki
2 ml dan kunora, davolash kursi 10 inyektsiyani tashkil etadi (20 kun davomida har kuni 1 inyektsiya).
Agar asosan yirik bo‘g‘imlar zararlangan bo‘lsa, preparat har bir bo‘g‘imga 1-2 ml dan bo‘g‘im ichiga 3-4 kunlik interval bilan yuboriladi. Kurs davomida har bir bo‘g‘imga jami 5-6 inyektsiya.
Bo‘g‘im ichiga va mushak ichiga yuborish usullarini birlashtirish mumkin.
Davolash kursini shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng 6 oydan keyin takrorlash maqsadga muvofiq.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar chastotasi quyidagi gradatsiyaga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, < 1/10); kamdan-kam (≥ 1/1000 dan < 1/100); kam (≥ 1/10000 dan < 1/1000); juda kam (< 1/10000), chastotasi noma’lum (chastotasi mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi).
Kam: qichishuvchi dermatit, terining qizarishi va preparat yuborilgan joyda kuydiruvchi his, qisqa muddatli miyalgiya.
Juda kam: anafilaktik reaksiyalarning rivojlanishi.
Chastotasi noma’lum: bo‘g‘im ichiga in'ektsiyalarda og‘riq sindromining o‘tkinchi kuchayishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
AMBENE® BIO – xondroprotektor bo‘lib, uning faol komponenti mayda dengiz baliqlaridan olingan bioaktiv ekstraktdir. Ekstrakt tarkibida mukopolisaxaridlar (xondroitin sulfat), aminokislotalar, peptidlar, natriy, kaliy, kaltsiy, magniy, temir, mis va sink ionlari mavjud.
AMBENE® BIO normal to‘qimalarning makromolekulyar tuzilmalarining yemirilishini oldini oladi, interstitsial to‘qima va bo‘g‘im tog‘ay to‘qimasida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi, bu uning og‘riqni kamaytiruvchi ta’sirini tushuntiradi. Yallig‘lanishga qarshi ta’siri va to‘qimalarning regeneratsiyasi gialuronidaza faolligining susayishi va gialuron kislotasi biosintezining normallashuviga asoslanadi. Ushbu ikki ta’sir sinergik bo‘lib, to‘qimalarda tiklanish jarayonlarining faollashuvini ta’minlaydi (xususan, tog‘ay tuzilmasining tiklanishi).
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dengiz mahsulotlariga (dengiz baliqlari) individual toqat qilmaslik holatida allergik reaksiyalar rivojlanish xavfi ortadi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Preparatni qo‘llash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) bajarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishda moyil bemorlarda allergik reaksiyalar (ba’zan og‘ir) yuzaga kelishi mumkin.