Farmakologik xususiyatlari
Vitamin E gem biosintezida va oqsillar, hujayra proliferatsiyasi, to'qima nafas olishi,
boshqa eng muhim to'qima almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, eritrotsitlarning gemolizini oldini oladi, oshgan o'tkazuvchanlikni
va kapillyarlarning mo'rtligini kamaytiradi. Biriktiruvchi to'qima, silliq va skelet mushaklari rivojlanishi va faoliyati uchun, shuningdek
qon tomirlar devorini mustahkamlash uchun zarur. Nuklein kislotalar va prostaglandinlar almashinuvda,
hujayra nafas olish siklida, araxidon kislota sintezida ishtirok etadi.
Tabiiy antioksidant bo'lib, erkin radikallar tomonidan lipidlarning peroksidlanishini sekinlashtiradi. Fagotsitozni faollashtiradi va
eritrotsitlarning normal rezistentligini saqlash uchun qo'llaniladi. Katta dozalarda trombotsitlar
agregatsiyasini oldini oladi. Alfa-tokoferol, shuningdek, immunitetni, umumiy va gumoral, hamda hujayraviy immunitetni rag'batlantiradi. Shu tufayli
T-limfotsitlar faolligi oshadi. Bundan tashqari, A vitamini bilan birgalikda jinsiy tizimning normal shakllanishi
va embrional rivojlanish ta'minlanadi. Vitamin E gipovitaminozda, kasalliklardan so'ng rekonvalestsensiyada,
isitma sindromi bilan kechuvchi kasalliklarda, astenik va nevrasthenik sindromda, bo'g'imlarning degenerativ va proliferativ
o'zgarishlarida, bog'lam apparati va mushaklar kasalliklarida; erkaklarda jinsiy bezlar funksiyasi buzilishida; ayollarda esa
turli hayz sikli buzilishlarida, homila ichki rivojlanish sharoitlari yomonlashganda qo'llaniladi.
Vitamin E seboreya, terining atrofik o'zgarishlari (sklerodermiya va boshqalar), boldir trofik yaralari,
fotodermatozlar, psoriaz, dermatomiozit va boshqa kollagenozlarda ham buyuriladi.
Me'da-ichak yo'llaridan taxminan 50% sekin so'riladi, qonda maksimal darajaga 4 soatda erishiladi. Absorbsiya uchun
o't kislotalari mavjudligi zarur. So'rilish jarayonida vitamin E ning hujayra ichidagi
tashuvchilari bo'lgan lipoproteidlar bilan kompleks hosil qiladi. Asosan limfaga o'tadi. Buyrak usti bezlari, gipofiz, moyaklar, yog'
va mushak to'qimalari, eritrotsitlar, jigar to'qimalarida depolanadi. Metabolizmga uchraydi va organizmdan (o'zgarmagan holda va
metabolitlar ko'rinishida) safro (90% dan ortiq) va siydik (taxminan 6%) bilan chiqariladi.
Vitamin A to'qima almashinuvi uchun javob beradi, hujayraviy va gumoral immunitetni oshirishi mumkin, mielopoezni kuchaytiradi,
makrofaglar funksiyasini yaxshilaydi. Vitamin A qabul qilish orqali nafas yo'llari va
hazm yo'llari shilliq qavatlari kasalliklari xavfini kamaytirish mumkin. Uning qo'llanilishida keratinizatsiya sekinlashadi, hujayralar yoshartiriladi.
Alligat preparatining reproduktiv funksiyaga ijobiy ta'siri aynan ushbu kompleksdagi vitamin A ishtirokiga bog'liq. Bundan tashqari,
retinol palmitat ko'rish signali, suyak to'qimasi shakllanishida ishtirok etadi, suyaklarning o'sishiga yordam beradi, ter bezlari, yog' bezlari, ko'z yosh bezlari faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, vitamin A, retinol molekulasining to'yingan bo'lmagan bog'lari tufayli,
turli xil radikallar bilan o'zaro ta'sir qiladi va vitamin E ning antioksidant funksiyasini rag'batlantiradi, u esa o'z navbatida,
Alligatning ikkinchi muhim tarkibiy qismi bo'lib, retinol oksidlanishiga to'sqinlik qiladi va shu bilan
toksik mahsulotlar hosil bo'lishining oldini oladi.