Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Allapinin 0.025 № 30
Allapinin 0.025 № 30
Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
75 087 so'm 92 700 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari allapinin 0.025 № 30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    0,025 g
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda allapinin - 25 mg. yordamchi moddalari shakar, kartoshka kraxmal, kaltsiy stearat.
  • Qo'llanilishi
    Nadjiloviy va jilg'oviy ekstrasistoliya, mertsaniye va trepetaniye predserdiy paroksizmlari, paroksizmal nadjiloviy (shu jumladan Vol'f-Parkinson-Uayt (WPW) sindromida) va jilg'oviy taxikardiya (yurakning organik shikastlanishlari bo'lmaganda), shuningdek, miokard infarkti fonida aritmiyalar.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Antirioventrikulyar blokada II va undan yuqori darajalari, og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik va laktatsiya davri, bolalar yoshi. Ehtiyotkorlik bilan I darajali antirioventrikulyar blokada, qorinchalar ichidagi o‘tkazuvchanlik buzilishlari, sinus tuguni zaifligi sindromi, shuningdek, og‘ir qon aylanish yetishmovchiligida.
  • Qo'llash usuli
    Tabletkalar og'iz orqali, ovqatdan 30 daqiqa oldin, iliq suv bilan qabul qilinadi. Boshlang'ich doza 0,025 g (1 tabletka) har 8 soatda. Ta'sir bo'lmaganda qabul qilish tezligi kuniga 4 martagacha oshiriladi (har 6 soatda qabul qilinadi). Dozani 0,05 g (2 tabletka) har 6-8 soatda qabul qilishgacha oshirish mumkin. Davolash davomiyligi bemorning holati va ritm buzilishining xarakteriga bog'liq va bir necha oygacha davom etishi mumkin. Eng yuqori dozalar: bir martalik - 0,15 g, sutkalik - 0,3 g.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Bosh aylanishi, bosh og'rig'i, boshda og'irlik hissi, yuzning giperemiyasi, diplopiya. Ushbu holatlar kuchli bo'lsa, preparat dozasini kamaytirish kerak. Allergik reaksiyalar kamdan-kam uchraydi. Preparat uzoq muddat qo'llanilganda sinus taxikardiyasi paydo bo'lishi mumkin. Bunday holda kichik dozalarda beta-blokatorlar buyuriladi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Lappakonitin alkaloidining bromistovodorod tuzi (ba'zi boshqa hamroh alkaloidlar aralashmasi bilan), oqog'iz akonit (Aconitum leucostomum Worosch) va shimoliy akonit (Aconitum septentrionale, Ranunculaceae oilasi) o'simligidan olinadi. Preparatning antiaritmik faolligi yurak ritmining turli sabablarga bog'liq bo'lgan bo'lmacha va qorinchalar buzilishlariga nisbatan namoyon bo'ladi. Antiaritmik ta'sir mexanizmi kardiomiyositlarga natriy ionlarining tez oqimini bostirish bilan bog'liq. Preparat bo'lmachalar, Gis to'plami va Purkinye tolalari bo'ylab impulslarning o'tish tezligini sekinlashtiradi, atrioventrikulyar tugun orqali o'tishga ta'sir qilmaydi. Sinus tuguni funksiyasiga ta'siri ahamiyatsiz darajada ifodalangan. Preparat manfiy inotrop ta'sirga ega emas, arterial gipotenziya chaqirmaydi, o'rtacha spazmolitik, mahalliy anestezik, analgetik va sedativ ta'sir ko'rsatadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparat bilan davolashni shifokor nazorati ostida, yaxshisi statsionar sharoitda, muntazam EKG nazorati bilan boshlash tavsiya etiladi. Homilador ayollarga preparatni faqat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha buyurish kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik lozim.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Ma'lumotlar yo'q. Nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi mumkin.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Beta-blokatorlar bilan birga qo'llanganda preparatning antiaritmik ta'siri kuchayadi va u sabab bo'lgan sinus taxikardiyasi bartaraf etiladi. Allapinin qon plazmasida digoksin konsentratsiyasini o'zgartirmaydi, biroq digoksin allapininning konsentratsiyasini oshiradi, bu esa ushbu kombinatsiyada uning dozasini tuzatishni talab qiladi. Preparat qabul qilinayotganda o'tkaziladigan geksenal narkozi (elektroimpuls terapiyasi) o'ziga xos xususiyatlarsiz o'tadi. Allapininni amiodaron, kamroq xinin bilan birga ventrikulyar taxikardiyaning va fibrillyatsion aritmiyaning rezistent shakllarini davolashda qo'llash mumkin. Preparatning boshqa turli guruhdagi dori vositalari bilan kombinatsiyasidan nojo'ya reaksiyalar haqida xabarlar mavjud emas. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnora
    ico ico ico ico ico
    Эффективное средство, помогло справиться с проблемой. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nodirbek
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Очень доволен покупкой.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico