-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi modda: levosetirizin digidroxlorid;
1 tabletkada 5 mg levosetirizin digidroxlorid mavjud;
yordamchi moddalari: mikrokristallik sellyuloza, kolloid suvdan holi kremniy dioksidi, laktosa monogidrat, magniy stearati, gipromelloza (gidroksipropil-metilsellyuloza), polietilenglikol 400 (makrogol 400), titan dioksidi (E 171).
-
Qo'llanilishi
Allergik rinit (shu jumladan, butun yil davomida allergik rinit) va eshakemi simptomatik davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Levotsetirizinga yoki preparatning boshqa biron-bir komponentiga, yoki piperazin hosilalarining biron-biriga yuqori sezuvchanlik.
Surunkali buyrak yetishmovchiligini og'ir shakli (kreatinin klirensi < 10 ml/min).
Galaktozani o'zlashtira olmaslikning kam uchraydigan irsiy kasalliklari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktozani o'zlashtirish buzilishlari.
-
Qo'llash usuli
Preparat kattalar va 6 yoshdan boshlab bolalarga kunlik doza 5 mg 1 marta sutkada ichga buyuriladi. Tabletkani ovqat qabul qilishdan qat’i nazar qabul qilish mumkin. Tabletkani butun holda yutish, oz miqdorda suv bilan ichish kerak.
Yoshi katta bemorlarda buyrak funksiyasi normal bo‘lsa, preparat dozasini tuzatish shart emas. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda doza hisoblash kreatinin klirensi hisobga olingan holda quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (qarang pastda).
Dozalashni tuzatish uchun bemorning kreatinin klirensi (KLkr) ml/min da baholanishi kerak. KLkr (ml/min) qon zardobidagi kreatinin miqdori (mg/dl) bo‘yicha quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
KLkr =
[140 – yosh (yil)] x tana massasi (kg) (ayollar uchun x 0,85)
72 x qon zardobidagi kreatinin (mg/dl)
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda preparat dozasini tuzatish
Buyrak funksiyasi
Kreatinin klirensi, ml/min
Doza va qabul qilish soni
Normal buyrak funksiyasi
≥ 80
5 mg 1 marta sutkada
Yengil darajadagi buzilish
50-79
5 mg 1 marta sutkada
O‘rtacha darajadagi buzilish
30-49
5 mg 1 marta 2 kunda
Og‘ir darajadagi buzilish
< 30
5 mg 1 marta 3 kunda
Buyrak kasalligining terminal bosqichi.
Dializda bo‘lgan bemorlar
< 10
Qo‘llash mumkin emas
Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarda preparat dozasini individual tarzda, buyrak klirensi va tana massasini hisobga olgan holda tuzatish kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibini tuzatish shart emas. Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibini yuqoridagi jadvalga muvofiq tuzatish kerak.
Davolash davomiyligi: davriy allergik rinitli bemorlarda (kasallik simptomlari davomiyligi < 4 sutka haftasiga yoki 4 haftadan kam davom etgan hollarda) davolash davomiyligi kasallik va anamnezga bog‘liq; simptomlar yo‘qolsa, davolashni to‘xtatish va simptomlar qayta paydo bo‘lsa, qayta boshlash mumkin. Barqaror allergik rinitda (kasallik simptomlari davomiyligi > 4 sutka haftasiga va 4 haftadan ortiq davom etgan hollarda) allergenlar bilan kontakt davrida doimiy terapiya tavsiya etilishi mumkin. Surunkali kasalliklarda (surunkali allergik rinit, surunkali eshakemi) davolash davomiyligi 1 yilgacha (racemat qo‘llanilganda klinik tadqiqotlar ma’lumotlari mavjud).
Bolalar.
Preparat tabletkalar ko‘rinishida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi, chunki bu dori shakli dozalash tartibini zarur tuzatishni amalga oshirish imkonini bermaydi. Ushbu toifadagi bemorlarga levosetirizinni boshqa dori shaklida qo‘llash tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, charchoqlikning oshishi, holsizlik, asteniya, tutqanoq, paresteziya, bosh aylanishi, hushdan ketish, tremor, disgevziya.
Psixika tomonidan: uyqu buzilishi, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, depressiya, tajovuzkorlik, uyqusizlik, o‘z joniga qasd qilish fikrlari.
Yurak tomonidan: yurak urishining kuchayishi, taxikardiya.
Ko‘rish organlari tomonidan: ko‘rishning buzilishi, ko‘rishning noaniqligi.
Eshitish va muvozanat organlari tomonidan: vertigo.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: gepatit.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, siydik tutilishi.
Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik, shu jumladan anafilaksiya.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak oralig‘i tomonidan: nafas qisishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, qusish, qabziyat, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: angionevrotik shish, doimiy dori toshmasi, qichishish, toshma, eshakemi.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mialgiya.
Tadqiqot natijalari: tana vaznining oshishi, jigar funksional testlarining normadan chetlanishi.
Oziqlanish va modda almashinuvi buzilishi: ishtahaning oshishi.
Umumiy buzilishlar: shish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Levotsetirizin – bu tsitirizinning faol barqaror R-enantiomeri bo'lib, gistaminning raqobatbardosh antagonistlari guruhiga kiradi. Farmakologik ta'siri H1-gistamin retseptorlarini bloklash bilan bog'liq. Levotsetirizinda H1-gistamin retseptorlariga yaqinlik tsitirizinga nisbatan 2 baravar yuqori. Allergik reaksiya rivojlanishining gistaminga bog'liq bosqichiga ta'sir qiladi, eozinofillar migratsiyasini, tomir o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanish mediatorlarining ajralishini cheklaydi. Allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va ularning kechishini yengillashtiradi, antiekssudativ, qichishishga qarshi, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko'rsatmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (dozalash tartibini tuzatish zarur) va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan keksalarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash (glomerulyar filtrlatsiya pasayishi mumkin). Preparatni qo'llash davrida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Bemorlarning siydik tutilishini keltirib chiqaruvchi ayrim omillari mavjud bo'lsa (masalan, orqa miya jarohatlari, prostata bezining gipertrofiyasi), preparatni buyurishda buni hisobga olish zarur, chunki levotsetirizin siydik tutilishi xavfini oshirishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llash.
Levotsetirizin homiladorlik davrida qo'llash uchun kontraindikatsiyalangan. Tsetirizin ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun preparatni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Preparat bilan davolanish davrida transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.