-
Tarkibi
Bitta tabletkada:
Faol modda – albendazol 400 mg,
Yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, makkajo'xori kraxmali, polivinilpirrolidon K 30 (PVP K30), natriy laurilsulfat, natriy saxarin, temir (III) oksid qizil (E172), natriy kraxmal glikolat A turi (Eksplotab), mikrokristallik tsellyuloza PH 102, quyuq vanil aromatizatori, apelsin aromatizatori, magniy stearat
Tavsifi: Tabletkalar oval shaklda, ikki tomonlama qavariq yuzali, marmar-pushti rangda, bir tomonida chiziqcha bilan
-
Qo'llanilishi
Enterobioz, ankilostomidoz va nekatoroz, gimeno-lepidoz, tenioz, strongiloidoz, askaridoz, trixocefalez, klonorxoz, opistorxoz, Gagua Mi'etap$ teri sindromi, bolalarda lyamblioz, kistoz echinokokkoz, alveolyar echinokokkoz, neyrotsistitsirkoz, gepatikolez, gnatostomoz, trixinellez, toksokarozni davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat quyidagi holatlarda qo'llanilmaydi: - homiladorlikda, laktatsiyada, gemopoez buzilishida, jigar yetishmovchiligida (jigar sirrozi), ko'z to'r pardasi patologiyasida, gipersensitivlikda (shu jumladan, boshqa benzimidazol hosilalariga), yuqori dozalarda bolalik yoshida qo'llanilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Qo‘llash usuli va dozalash Og‘iz orqali, ovqat bilan birga. Dori kunning bir xil vaqtida qabul qilinishi ma’qul. Agar 3 hafta davomida sog‘ayish bo‘lmasa, davolashning ikkinchi kursi buyuriladi. Ichak infeksiyalari va teri sindromi Gagua Metap5 Infeksiya Yoshi Qabul qilish davomiyligi Enterobioz, Kattalar va bolalar | 400 mg 1 marta/kun bir marta ankilostomidoz, 2 yoshdan katta nekatoroz, askaridoz, trixocefalez Bolalar 1 dan 2 yoshgacha | 200 mg 1 marta/kun bir marta Strongiloidoz, Kattalar va bolalar 400 mg 1 marta/kun 3 kun davomida. tenioz, 2 yoshdan katta Gimeno-lepidozda tavsiya qilinadi gimeno-lepidoz takroriy davolash kursi davomiyligi 10 kundan 21 kungacha. Klonorxoz, Kattalar va bolalar 400 mg 2 marta/kun 3 kun davomida. opistorxoz 2 yoshdan katta Teri sindromi Kattalar va bolalar 400 mg 1 marta/kun Gagua MirtaPz 2 yoshdan katta Qabul qilish davomiyligi 1 kundan 3 kungacha. Lyamblioz Faqat 2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 400 mg 1 marta/kun 5 kun davomida. Tizimli gelmint infeksiyalari (yuqori dozalarda uzoq muddatli davolash). Dozalash tartibi individual ravishda yosh, tana vazni va infeksiya og‘irligiga qarab belgilanadi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni yuqori dozalarda buyurish tavsiya etilmaydi. Tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lgan bemorlarga preparat doza-si 400 mg 2 marta/kun. Tana vazni 60 kg dan kam bo‘lgan bemorlarga preparat 15 mg/kg/kun 2 qabulga bo‘lib buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg ni tashkil etadi. Infeksiya Qabul qilish davomiyligi Kistoz echinokokkoz 28 kun. Operatsiya qilinmaydigan shaklda 14 kunlik tanaffus bilan uchta 28 kunlik davolash kursi tavsiya etiladi. Operatsiyadan oldin 14 kunlik tanaffus bilan ikki 28 kunlik kurs tavsiya etiladi. Agar operatsiyagacha kurs 14 kundan kam bo‘lsa yoki hayotga layoqatli kistalar topilsa, operatsiyadan so‘ng 14 kunlik tanaffus bilan ikki marta 28 kunlik kurs o‘tkaziladi. Alveolyar echinokokkoz 28 kun. Ikkinchi 28 kunlik kurs preparatni ikki haftalik tanaffusdan so‘ng takrorlanadi. Davolash bir necha oy yoki yillar davom etishi mumkin. Neyrotsistitsirkkoz Qabul qilish davomiyligi 7 kundan 31 kungacha. Ikkinchi kurs preparatni ikki haftalik tanaffusdan so‘ng takrorlanishi mumkin. Gepatikolyoz 400 mg 1 marta/kun 10 kun davomida. Gnatostomoz 400 mg 1 marta/kun 10-20 kun davomida. Trixinellez, 400 mg 2 marta/kun 5-10 kun davomida. toksokaroz
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar uchrashish tezligiga ko'ra quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), ba'zan (>1/1000, <1/100), kam (≥1/10 000 va <1/1000), juda kam (<1/10 000).
Qisqa muddatli past dozalarda davolash:
Ba'zan:
- bosh og'rig'i va bosh aylanishi;
- epigastriy yoki qorin sohasida og'riq, ko'ngil aynishi, qusish va diareya.
Kam:
- gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, qichishish va eshakemi;
- jigar fermentlari darajasining oshishi.
Juda kam:
- multiform eritema, Stivens-Djonson sindromi.
Uzoq muddatli yuqori dozalarda davolash:
Juda tez-tez:
- bosh og'rig'i;
- jigar fermentlari darajasining ahamiyatsiz yoki o'rtacha oshishi.
Tez-tez:
- bosh aylanishi;
- qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish va diareya (exinokokkozni davolashda);
- qaytar alopesiya (sochlarning siyraklashuvi va o'rtacha to'kilishi);
- isitma.
Ba'zan:
- gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, qichishish va eshakemi;
- leyopeniya;
- gepatit.
Juda kam:
- pansitopeniya, aplastik anemiya, agranulositoz (jigar patologiyasi, shu jumladan jigar exinokokkozi bo'lgan bemorlar suyak iligi funksiyasining susayishiga ko'proq moyil);
- multiform eritema, Stivens-Djonson sindromi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega antigelmint preparat, mono- va poliinvaziyalarga nisbatan faol. Albendazol gelmintlarda hujayra tubulinasining hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, natijada lichinka yoki voyaga yetgan gelmintlarda glyukoza utilizatsiyasining qaytmas buzilishiga olib keladi. Gelmintlar harakatchanligini yo'qotadi va organizmdan chiqariladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Terapiyasi davomida va undan keyin 1 oy mobaynida ayollar adekvat no-gormonal kontratseptiv vositalardan foydalanishlari kerak. Homilador bo'lishi mumkin bo'lgan yoshdagi ayollarga preparatni normal hayz ko'rish boshlanganidan keyin 7 kun ichida buyurish kerak. Davolashni boshlashdan oldin, so'ngra preparatning yuqori dozalari bilan echinokokk kistasini davolash davrida har ikki haftada jigar funksiyasi va qon manzarasini nazorat qilish zarur. Leykopeniya rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak. Preparat bemorning psixofizik holatini o'zgartirmaydi, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat teofillin, qarshi-tutqanoq vositalari, og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: Nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi. Davolash: Simptomatik, oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir tayinlash.