-
Tarkibi
Faol modda: Albendazol (100% modda hisobida) – 200 mg.
Yordamchi moddalari: sut shakari (laktoza), kartoshka kraxmal, magniy stearati.
Tavsifi: Oq yoki oqsimon, sarg‘ish yoki kulrang tusli tabletkalar. Tabletkalar yuzasida oz miqdorda marmarlik bo‘lishi mumkin.
-
Qo'llanilishi
Askaridoz, trixocefaleoz, ankilostomidozlar, enterobioz, strongiloidoz, tenioz, trixinellez, exinokokkoz, tsistitserkoz va boshqa nematodozlarni davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
homiladorlik va laktatsiya davrida;
qon aylanish tizimi buzilishida;
jigar sirrozida;
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda;
gipersensitivlik (shu jumladan, boshqa benzimidazol hosilalariga nisbatan).
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali. Ovqatdan 15-20 daqiqa o‘tib. Kattalar uchun sutkalik doza 400 mg (2 tabletka) bir marta qabul qilinadi. Bolalar uchun sutkalik doza tana vazniga 6 mg/kg. Preparatni qabul qilgandan so‘ng ich ketkazuvchi vositalar va maxsus dieta talab qilinmaydi.
Askaridoz, trixocefalez, ankilostomidozda preparat 400 mg bir marta buyuriladi.
Enterobiozda 400 mg bir marta kuniga buyuriladi. Albendazolni shu dozada 14 kundan so‘ng takroran qabul qilish tavsiya etiladi.
Strongiloidozda 400 mg bir marta kuniga buyuriladi. Davolash 3 kun davomida olib boriladi (kurs uchun 6 tabletka).
To‘qima gelmintozlarini (trixinellyoz, echinokokkoz, tsistitserkoz) davolash shifoxona sharoitida, shifokor tomonidan individual tarzda belgilangan davolash sxemasi asosida olib boriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagilar mumkin: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, allergik reaksiyalar (to‘shma), alopesiya, jigar fermentlari faolligining oshishi, gematologik o‘zgarishlar (leykotsitlar, xususan, neyrofillar sonining qaytar o‘sishi).
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega antigelmint preparat, mono- va poliinvaziyalarga nisbatan faol. Albendazol gelmintlarda hujayra tubulinining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, natijada lichinka yoki voyaga yetgan gelmintlarda glyukozaning o‘zlashtirilishi qaytarilmas buzilishiga olib keladi. Gelmintlar harakatchanligini yo‘qotadi va organizmdan chiqariladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Terapiyasi davomida va undan keyin 1 oy mobaynida yetarli darajada gormonsiz kontratseptiv vositalardan foydalanish kerak. Homilador bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollarga preparatni normal hayz ko‘rish boshlanganidan keyin 7 kun ichida buyurish kerak. Davolashni boshlashdan oldin va keyin, echinokokk kistasini yuqori dozalarda davolash davrida har ikki haftada jigar funksiyasi va qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va uni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi mumkin:
Davolash: Simptomatik, oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat teofillin, tutqanoqka qarshi vositalar, og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin.