Qo'llash usuli
Ichga.
Ovqatdan 15-20 daqiqa o'tgach.
Kattalar uchun kunlik dozasi 400 mg (2 tabletka) bir marta qabul qilish.
Bolalar uchun kunlik dozasi 6 mg/kg tana vazni
Dori qabul qilingandan so'ng, ich qotishi vositalari va maxsus dietani qo'llash shart emas.
Askaridoz, trihotsefalyez, ankylostomidozda dori 400 mg bir marta tayinlanadi.
Enterobiozda 400 mg kuniga bir marta tayinlanadi. Albendazolni shu dozada 14 kundan keyin takroriy qabul qilish.
Strongiloidozda 400 mg kuniga bir marta tayinlanadi. Davolash 3 kun davomida olib boriladi (kurs uchun 6 tabletka).
To'qima g'elmintozlarini (trihinellez, ekhinokokoz, tsistitserkoz) davolash shifoxona sharoitida shifokor tomonidan individual ravishda tayinlangan davolash sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.