Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar ularning yuzaga chiqish tez-tezligiga ko'ra tasniflangan: juda tez-tez (≥1/100 va ≤1/10); va < 1/1000) va juda kam (< 1/10000).
Ichak infeksiyalari va teri sindromi Larva Migrans qisqa muddatli davolashda yuzaga chiqadigan nojo'ya ta'sirlar.
Immun tizimi tomonidan.
Kamdan-kam: gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, qichishish va eshakemi.
Nerv tizimi tomonidan.
Tez-tez emas: bosh og'rig'i va bosh aylanishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan.
Tez-tez emas: yuqori ovqat hazm qilish yo'llari simptomlari (masalan, epigastral og'riq, ko'ngil aynishi, qusish) va diareya.
Gepatobiliar tizimi tomonidan.
Kamdan-kam: jigar fermentlari darajasining oshishi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan.
Juda kam: polimorf eritema, Stivens - Jonson sindromi.
Gelmintlarning tizimli infeksiyalarini uzoq muddatli davolashda yuzaga chiqadigan nojo'ya ta'sirlar.
Qon va limfa tizimi tomonidan.
Tez-tez emas: leykopeniya.
Juda kam: pansitopeniya, aplastik anemiya, agranulositoz.
Jigar kasalligi, shu jumladan jigar ehinokokkozi bo'lgan bemorlar suyak iligi bostirilishiga ko'proq moyil (qarang «Qo'llash usuli va dozalari» va «Qo'llash xususiyatlari» bo'limlari).
Immun tizimi tomonidan.
Tez-tez emas: gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, qichishish va eshakemi.
Nerv tizimi tomonidan.
Juda tez-tez: bosh og'rig'i.
Tez-tez: bosh aylanishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan.
Tez-tez: gastrointestinal buzilishlar (qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish).
Gepatobiliar tizimi tomonidan.
Juda tez-tez: jigar fermentlari darajasining yengil yoki o'rtacha oshishi.
Tez-tez emas: gepatit.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan.
Tez-tez: qaytar reversible alopesiya (sochlarning ingichkalashishi va o'rtacha soch to'kilishi).
Juda kam: polimorf eritema, Stivens - Jonson sindromi.
Umumiy buzilishlar.
Tez-tez: isitma.