-
Qo'llanilishi
osteoporoz, suyak sinishlari va boshqa suyak-xrishch to‘qimalari kasalliklari (ayniqsa, keksalar va qariyalar yoshida), allergik reaksiyalar, immunodefitsit holatlari, barcha yosh guruhlarida mineral almashinuvining buzilishi, bronxitlar, bronxial astma, bolalar va kattalarda shamollash kasalliklarini oldini olish va sog‘ayishni tezlashtirish, raxitning oldini olish, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, qizilo‘ngach, ichak spazmlari, qabziyat, disbakteriozlar, homila suyak va asab to‘qimalarining normal rivojlanishi uchun, homiladorlik toksikozlari, laktatsiya davri, neyrotsirkulyator distoniya, asabiy qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi, DCP, insultdan keyingi holat, qandli diabetda, tireotoksikozlarda, hayz siklining buzilishlarida, klimakterik davr, stresslar, uyqusizlik, bosh og‘riqlari, mushaklarda tutqanoqlar, gormonal preparatlarni uzoq muddat qabul qilganda, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrida, kimyoterapiyadan keyin, tirnoqlarning mo‘rtligi, soch to‘kilishining kuchayishi, kariyes, surunkali charchoqda, mushak tutqanoqlarida, tiklar, yurak ritmining buzilishi, buyrakda tosh hosil bo‘lishining oldini olish uchun, arterial bosimni normada barqarorlashtirishga yordam beradi, anemiyalarda, alkogolli intoksikatsiyada antipoxmel ta’siriga ega.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Individual toqat qilmaslik, fenilketonuriya, og'ir buyrak yetishmovchiligi
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali ovqatdan 30 daqiqa oldin. - 2 – 8 yoshli bolalarga kuniga 3 marta 1 choy qoshiqdan qabul qilish - 9 yosh va undan katta bolalarga kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan - kattalarga dastlabki 10 kun davomida kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan, so‘ngra muntazam ravishda kuniga 3 marta 1 choy qoshiqdan yoki kunning istalgan vaqtida 1 osh qoshiqdan qabul qilish. - 40 yoshdan oshgan ayollarga birinchi flakon kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan, keyingi flakonlar kuniga 1 osh qoshiqdan. - 50 yoshdan katta erkaklarga birinchi flakon kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan, keyingi flakonlar kuniga 1 osh qoshiqdan.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Aniqlanmadi
-
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy suyak mustahkamligini ta'minlovchi asosiy mikroelement bo'lib, uning 99% suyak to'qimalarida, 1% esa yumshoq to'qimalarda mavjud. Kalsiy hujayra va to'qima suyuqliklarining doimiy tarkibiy qismi bo'lib, ular organizm hujayralarining o'sishi va faoliyati jarayonlarida, shuningdek, ichak tomonidan oziq moddalar so'rilishida ishtirok etadi. Kalsiy organizmning himoya kuchlarini mustahkamlaydi va uni agressiv omillar va infeksiyalarga nisbatan bardoshliligini oshiradi, hujayralarning giper sezuvchanligini kamaytiradi va allergiyani bartaraf etadi, Krebs sikli va ATF sintezini faollashtiradi, hujayra membranalari va tomir devorlarining o'tkazuvchanligini normallashtiradi, og'ir metall ionlarini chiqarishga yordam beradi. Kalsiy homilaning normal jismoniy rivojlanishi uchun zarur bo'lgan eng muhim minerallardan biri bo'lib, u suyaklar, tishlar, asab tizimi, mushaklar va teri, ichki organlar, soch va tirnoqlarning shakllanishida ishtirok etadi, shuningdek, asosiy biokimyoviy reaksiyalarni amalga oshiruvchi fermentlarning asosiy kofaktori hisoblanadi. Kalsiy mushaklarning reaksiyasi, qon ivishi, asab impulslarini o'tkazish, yurak mushaklarining ritmi va qisqarishi, bolalarda suyaklarning shakllanishi va osteoporoz (suyak tuzilmasining bo'shashishi) profilaktikasida muhim rol o'ynaydi. Kalsiyning dastlabki zaxirasi inson tomonidan tug'ilishdan oldin onadan olinadi. Tug'ilgandan so'ng organizm kalsiyni tashqaridan oladi. Sabzavotlar, mevalar, ko'katlar, sut va boshqalar – bu mahsulotlarning barchasi organizmga kalsiy olib kiradi. Biroq, shuni tushunish muhimki, ovqat bilan organizmga tushadigan kalsiyning o'zlashtirilishi 20% dan oshmaydi. Kalsiy miqdorini organizmda kamaytirishga yordam beruvchi omillar ham mavjud. Bular chekish, spirtli ichimliklar, shakarli mahsulotlar va ichimliklar iste'moli, bir qator gormonal dori vositalarini qo'llashdir. Kundalik ovqatlanishda yetarli miqdorda kalsiy olmaydigan odamlar uni qo'shimcha qabul qilishga muhtoj.