Qo'llanilishi
Burun spreyi «AKVA-MORE» 6,5 mg/ml quyidagilarda qo'llaniladi:
– havoning yuqori quruqligi sharoitida burun shilliq qavatini har kuni namlash uchun, uning himoya fiziologik xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida;
– burun shilliq qavatidan allergenlar va gaptenlarni chiqarish uchun;
– burun-halqum va burun bo'shlig'ining yallig'lanish kasalliklarini yengillashtirish uchun simptomatik vosita sifatida, masalan, rinit, sinusitlarda;
– O'RZ, O'RVI profilaktikasi maqsadida, burun shilliq qavatini kasallik qo'zg'atuvchi bakteriya va viruslardan tozalash va bemorning holatini yengillashtirish uchun;
– tez-tez rinit va sinusit bilan og'rigan shaxslarda, burun spreyi «AKVA-MORE»ni muntazam qo'llash sog'ayish muddatini qisqartirish imkonini beradi;
– burun shilliq qavatini chang, allergenlar va boshqa havoni ifloslantiruvchi omillardan tozalash uchun;
– bolalarda adenoidlarni kompleks davolash tarkibida;
– burun bo'shlig'iga dori vositalarini yuborishga tayyorlash uchun (ularning so'rilishini yaxshilash maqsadida);
– burun bo'shlig'iga g'amxo'rlik sifatida, burun shilliq qavatining fiziologik holatini tiklash uchun.