-
Tavsif
Eritmada mavjud bo‘lgan dengiz suvi quyidagi ionlarni o‘z ichiga oladi: Cl-, Na+, SO4 2-, Mg2+, Ca2+, K+, HCO3-, Br-, shuningdek, mikroelementlar Zn, Se, I va boshqalar.
Dengiz suvining gipertonik eritmasi natriy xlorid (NaCl) miqdorining oshirilgan tarkibiga ega (17 – 23 g/l). Aqua Maris® Ekstrasilniy burun, burun bo‘shliqlari va burun-halqumning yallig‘lanish kasalliklarida shilliq qavatning shishishini va burun bitishini bartaraf etish, burun orqali nafas olishni yengillashtirish uchun “tabiiy dekongestant” sifatida qo‘llaniladi.
Dengiz suvining gipertonik eritmasi burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishishini osmotik bosim farqi hisobiga hujayralararo makondan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlash orqali kamaytiradi.
Ballondagi bosimning yuqoriligi va maxsus nasadka konstruktsiyasi tufayli Aqua Maris® Ekstrasilniy eritmasi oqimi burun bo‘shlig‘i shilliq qavatidan viruslar, bakteriyalar, allergenlar va begona zarrachalarni yuvib tashlaydi. Aqua Maris® Ekstrasilniy mikroblar hujayrasini buzish va yo‘q qilishga yordam beradi. Adriatika dengizi suvining mikroelementlari kirpikli epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, shilliq qavatga rag‘batlantiruvchi, tiklovchi, tozalovchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, patogen mikroorganizmlarning kirib borishiga chidamliligini oshiradi. Kalsiy va magniy ionlari shilliq qavatning “kirpikli hujayralari” harakatini rag‘batlantiradi, bu esa burun bo‘shlig‘idan mikroorganizmlar va begona zarrachalarni chiqarib tashlashga yordam beradi va shilliqning reologik xususiyatlarini normallashtiradi. Yod, natriy va xlorid ionlari antiseptik ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, himoya shilliq ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Rux va selen ionlari burun va burun bo‘shliqlari shilliq qavatining mahalliy immunitetini rag‘batlantiradi. Kalsiy ionlari allergiyaga qarshi ta’sirga ega. Karbonatlar, sulfatlar, xloridlar burun shilliq ishlab chiqarilishini normallashtiradi.
Aqua Maris® Ekstrasilniy nafas yo‘llari kasalliklari davomiyligini qisqartiradi, infeksiya burun bo‘shlig‘i va quloq bo‘shlig‘iga o‘tish xavfini kamaytiradi, mahalliy burun vositalarining samaradorligini oshiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, burun shilliqini suyultirish va uning ishlab chiqarilishini normallashtirishga yordam beradi, shuningdek, mahalliy asoratlar xavfini kamaytiradi va jarrohlik aralashuvlardan so‘ng bitishni tezlashtiradi.
Aqua Maris® Ekstrasilniy faqat mahalliy ta’sir ko‘rsatadi, organizmga “sistemali” ta’sir qilmaydi. Har qanday vositalar bilan mos keladi.
Kimyoviy dori vositalariga yuqori sezuvchanlikda tavsiya etiladi.
-
Tarkibi
100 ml eritmada: dengiz suvi – 61,2 ± 3,0 ml, tozalangan suv – 100 ml gacha.
Konservantlar saqlamaydi.
-
Qo'llanilishi
Burun bitishi turli kelib chiqishli va burun, qo‘shimcha bo‘shliqlar va burun-halqumning yallig‘lanish kasalliklarida, shu jumladan allergik tabiatli, burun orqali nafas olishni yengillashtirish:
o‘tkir va surunkali rinit
o‘tkir va surunkali sinusit
nazofaringit
allergik rinit
adenoidit.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tibbiy vosita komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Intranazal. 2 yoshdan boshlab bolalar va kattalarga har bir burun teshigiga 1-2 marta purkash 2-3 marta kuniga, zarur bo‘lsa, tez-tez ishlatish mumkin.
Qo‘llash kursi cheklanmagan.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Flakon bosim ostida: issiqlik ta’sirida portlashi mumkin.
Ishlatilgandan keyin ham teshmang va yoqmang.
Issiqlik manbalari, issiq yuzalar, uchqunlar, ochiq olov yoki boshqa har qanday yong‘in manbalaridan uzoqda saqlang.
Chekmang. Quyosh nurlaridan himoyalang.
50 °S dan yuqori haroratga ta’sir qildirmang.
-
Farmakologik xususiyatlari
Eritmada mavjud bo‘lgan dengiz suvi quyidagi ionlarni o‘z ichiga oladi: Cl-, Na+, SO42-, Mg2+, Ca2+, K+, HCO3-, Br-, shuningdek, mikroelementlar, jumladan, sink, selen, yod.
Dengiz suvining gipertonik eritmasi natriy xlorid (NaCl) miqdorining oshirilgan tarkibiga ega (17-23 g/l).
Aqua Maris Ekstrasilniy burun, burun bo‘shliqlari va burun-halqumning yallig‘lanish kasalliklarida shilliq qavatning shishishini va burun bitishini bartaraf etish, burundan nafas olishni yengillashtirish uchun "tabiiy dekongestant" sifatida qo‘llaniladi.
Dengiz suvining gipertonik eritmasi burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishishini kamaytirishni ta’minlaydi, bu osmotik bosim farqi hisobiga hujayralararo makondan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Ballondagi bosimning yuqoriligi va maxsus nasadka konstruktsiyasi tufayli Aqua Maris Ekstrasilniy eritmasi oqimi burun bo‘shlig‘i shilliq qavatidan viruslar, bakteriyalar, allergenlar va begona zarrachalarni olib tashlaydi. Aqua Maris Ekstrasilniy mikroblar hujayrasini buzish va yo‘q qilishga yordam beradi.
Adriatika dengizi suvining mikroelementlari kirpikli epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, shilliq qavatga rag‘batlantiruvchi, tiklovchi, tozalovchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, uning patogen mikroorganizmlarni kirib kelishiga chidamliligini oshiradi.
Kalsiy va magniy ionlari shilliq qavatning kirpikli hujayralari harakatini rag‘batlantiradi, bu burun bo‘shlig‘idan mikroorganizmlar va begona zarrachalarni chiqarib tashlashga yordam beradi va shilliqning reologik xususiyatlarini normallashtiradi.
Yod, natriy ionlari va xlorid-ionlar antiseptik ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, himoya shilliq ishlab chiqarilishini faollashtiradi.
Sink va selen ionlari burun va burun bo‘shliqlari shilliq qavatining mahalliy immunitetini rag‘batlantiradi.
Kalsiy ionlari allergiyaga qarshi ta’sirga ega.
Karbоnatlar, sulfatlar, xloridlar burun shilliq ishlab chiqarilishini normallashtiradi.
Aqua Maris Ekstrasilniy nafas yo‘llari kasalliklari davomiyligini qisqartiradi, infeksiyaning burun bo‘shlig‘i va quloq bo‘shlig‘iga kirib borish xavfini kamaytiradi, mahalliy burun vositalarining samaradorligini oshiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, burun shilliqini suyultirish va uning ishlab chiqarilishini normallashtirishga yordam beradi, shuningdek, mahalliy asoratlar xavfini kamaytiradi va jarrohlik aralashuvlardan so‘ng bitishni tezlashtiradi.
Aqua Maris Ekstrasilniy faqat mahalliy ta’sir ko‘rsatadi, organizmga umumiy tizimli ta’sir qilmaydi. Har qanday vositalar bilan mos keladi.
Kimyoviy dori vositalariga yuqori sezuvchanlikda tavsiya etiladi.