Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, aminokislotalar almashinuvi buzilishi, gipergidratatsiya, giponatriemiya, gipokaliemiya, buyrak yetishmovchiligi (jigar komasida buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qaysi ikki holat hayot uchun xavfli ekanligini hisobga olish zarur), yurak yetishmovchiligi (dekompensatsiya bosqichida), homiladorlik va laktatsiya davri. Dori vositalari o‘zaro ta’siri AKUMIN GEPA komponentlarining teofillin bilan in vivo o‘zaro ta’siri natijasida teofillin klirensining oshishi haqida ma’lumotlar mavjud. In vitro o‘zaro ta’sirlar haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud, shuning uchun AKUMIN GEPA eritmasiga boshqa dori vositalarini qo‘shish tavsiya etilmaydi. AKUMIN GEPA bilan birga yuborilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari: antibiotiklar – amikatsin, ampisillin, tsefotaksim, tseftriakson, doksitsiklin, eritromitsin, gentamitsin, xloramfenikol, klindamitsin, netilmisin, benzilpenitsillin, piperatsillin, tetratsiklin, tobramitsin va vankomitsin; boshqa preparatlar – aminofillin, siklofosfamid, simetidin, sitarabin, digoksin, dopamin, famotidin, fitomenadion, ftoruratsil, foliy kislotasi, furosemid, geparin, xlorpromazin, insulin, kalsiy glyukonat, lidokain, metildopa, metilprednizolon, metoklopramid, metotreksat, morfin, nizatidin, norepinefrin, propranolol, ranitidin va riboflavin.
- homiladorlik va laktatsiya davri.