Maxsus ko'rsatmalar
Kalsiy asosiy mikroelement bo‘lib, suyaklarning mustahkamligini ta’minlaydi, uning 99% suyak to‘qimalarida, 1% esa yumshoq to‘qimalarda mavjud. Kalsiy hujayra va to‘qima suyuqliklarining doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, ular organizm hujayralarining o‘sishi va faoliyatida, shuningdek, ichak tomonidan oziq moddalar so‘rilishida ishtirok etadi. Kalsiy organizmning himoya kuchlarini mustahkamlaydi va uni agressiv omillar va infeksiyalarga nisbatan bardoshliligini oshiradi, hujayralarning gipersezgirligini kamaytiradi va allergiyani bartaraf etadi, Krebs sikli va ATF sintezini faollashtiradi, hujayra membranalari va tomir devorlarining o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, og‘ir metall ionlarini chiqarishga yordam beradi. Kalsiy homilaning normal jismoniy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan eng muhim minerallardan biri hisoblanadi, chunki u suyaklar, tishlar, asab tizimi, mushaklar va teri, ichki organlar, soch va tirnoqlarning shakllanishida ishtirok etadi, shuningdek, asosiy biokimyoviy reaksiyalarni amalga oshiruvchi fermentlarning asosiy kofaktori hisoblanadi. Kalsiy quyidagi jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi: mushaklarning reaksiyasi, qonni ivishi, asab impulslarini o‘tkazish, yurak mushaklarining ritmi va qisqarishi, bolalarda suyaklarning shakllanishi va osteoporoz (suyak tuzilmasining bo‘shashishi) profilaktikasida. Kalsiyning dastlabki zaxirasi inson tomonidan tug‘ilishidan oldin onadan olinadi. Tug‘ilgandan so‘ng organizm kalsiyni tashqaridan oladi. Sabzavotlar, mevalar, ko‘katlar, sut va boshqalar – bu mahsulotlarning barchasi organizmga kalsiy olib kiradi. Biroq, shuni tushunish muhimki, ovqat bilan organizmga tushadigan kalsiyning o‘zlashtirilishi 20% dan oshmaydi. Shuningdek, organizmdagi kalsiy miqdorini kamaytiruvchi omillar ham mavjud. Bular chekish, spirtli ichimliklar, shakarli mahsulotlar va ichimliklar iste’moli, bir qator gormonal dori vositalarini qo‘llashdir. Kundalik ovqatlanishda yetarli miqdorda kalsiy olmaydigan odamlar uni qo‘shimcha qabul qilishga muhtoj.
“Aktiv kalsiy A.A.G.”ning o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir kalsiy ioni, analoglari yo‘q yuqori texnologiyalar qo‘llanilishi natijasida, solvat qobig‘ida bo‘ladi va kalsiy konsentratsiyasi hujayralararo suyuqlik va plazmada me’yordan past bo‘lmaguncha jarayonlarda ishtirok etmaydi. Massalar ta’siri qonuniga muvofiq, solvat (suvli) qobiq aynan organizmga kerak bo‘lgan vaqtda kalsiy ionini ajratib chiqaradi. Shu tariqa, “Aktiv kalsiy A.A.G.” qonda kalsiy konsentratsiyasining ortiqcha bo‘lishi va shu bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlarni istisno qiladi.