-
Tarkibi
Kalsiy karbonat - 500 mg, kalsiy sitrat - 2500 mg, kalsiy gidrokarbonat – 330 mg, magniy gidrokarbonat – 35 mg, tozalangan suv 100 ml gacha
-
Qo'llanilishi
Turli kelib chiqishli tana haroratining ko‘tarilishi quyidagi hollarda:
osteoporoz, suyak sinishlari va boshqa suyak-xrishqoq to‘qimalari kasalliklari (ayniqsa, keksalar va qarilar yoshida), allergik reaksiyalar, immunodefitsit holatlari, barcha yosh guruhlarida mineral almashinuvining buzilishi, bronxitlar, bronxial astma, bolalar va kattalarda shamollash kasalliklarining oldini olish va sog‘ayishni tezlashtirish, raxitning oldini olish, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, qorin qaynashi, ichak spazmlari, qabziyat, disbakteriozlar, homila suyak va asab to‘qimalarining normal rivojlanishi uchun, homiladorlik toksikozlari, laktatsiya davri, neyrotsirkulyator distoniya, asabiy qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi, DCP, insultdan keyingi holat, qandli diabetda, tireotoksikozlarda, hayz siklining buzilishlarida, klimakterik davr, stresslar, uyqusizlik, bosh og‘riqlari, mushaklarda tutqanoq bo‘lishi, gormonal preparatlarni uzoq muddat qabul qilishda, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrida, kimyoterapiyadan keyin, tirnoqlarning mo‘rtligi, soch to‘kilishining kuchayishi, kariyes, surunkali charchoqda, mushak tutqanoqlarida, tiklar, yurak ritmining buzilishi, buyrakda tosh hosil bo‘lishining oldini olish uchun, arterial bosimni normada barqarorlashtirishga yordam beradi, anemiyalarda, alkogolli intoksikatsiyada antipoxmel ta’siriga ega
- shamollash kasalliklarida
- o‘tkir respirator virusli infeksiyalarda
- grippda
- angina (faringit)da
- tana haroratining ko‘tarilishi bilan kechuvchi bolalar infeksiyalarida
- postvaksinal reaksiyalarda
Turli kelib chiqishli, yengil va o‘rtacha intensivlikdagi og‘riq sindromi quyidagi hollarda:
- tish og‘rig‘i, tish chiqishida og‘riq
- bosh og‘rig‘i, migren
- tayanch-harakat tizimi jarohatlaridan so‘ng mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar
- o‘rta quloq yallig‘lanishida quloq og‘rig‘i.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Individual intolerantlik, fenilketanuriya, og'ir buyrak yetishmovchiligi
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali qo'llash uchun.
Ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. - 2 – 8 yoshli bolalarga kuniga 3 marta 1 choy qoshiqdan qabul qilish - 9 yosh va undan katta bolalarga kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan - kattalarga dastlabki 10 kun davomida kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan, so'ngra muntazam ravishda kuniga 3 marta 1 choy qoshiqdan yoki kunning istalgan vaqtida 1 osh qoshiqdan qabul qilish. - 40 yoshdan oshgan ayollarga birinchi flakon kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan, keyingi flakonlar kuniga 1 osh qoshiqdan. - 50 yoshdan katta erkaklarga birinchi flakon kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan, keyingi flakonlar kuniga 1 osh qoshiqdan.
5 ml suspenziya 100 mg ibuprofen saqlaydi.
Qo'llashdan oldin bir hil suspenziya hosil bo'lguncha chayqatilsin.
Dori vositasi ovqatdan keyin, ko'p miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Suspenziya aniq dozalash uchun flakonga dozator (qoshiq yoki shprits) biriktirilgan.
Doza bolaning yoshi va tana vazniga qarab belgilanadi.
Ibufen® suspenziyasining kunlik doza miqdori tana vazniga 20-30 mg/kg ni tashkil etadi. Preparat quyidagi sxema bo'yicha bir martalik dozada buyuriladi:
3 dan 6 oygacha bo'lgan go'daklar (5-7,6 kg): kuniga 3 marta 2,5 ml (bu 150 mg ibuprofen/kunga mos keladi).
6 dan 12 oygacha bo'lgan go'daklar (7,7-9 kg): kuniga 3-4 marta 2,5 ml (bu 150-200 mg ibuprofen/kunga mos keladi).
1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (10-15 kg): kuniga 3 marta 5 ml (bu 300 mg ibuprofen/kunga mos keladi).
4 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (16-20 kg): kuniga 3 marta 7,5 ml (bu 450 mg ibuprofen/kunga mos keladi).
7 dan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar (21-29 kg): kuniga 3 marta 10 ml (bu 600 mg ibuprofen/kunga mos keladi).
10 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (30-40 kg): kuniga 3 marta 15 ml (bu 900 mg ibuprofen/kunga mos keladi).
Tavsiya etilgan dozani oshirmaslik kerak.
Dori vositasi simptomatik davolash uchun mo'ljallangan.
Davolash davomiyligi:
- Qizitmani tushiruvchi sifatida 3 kundan ortiq emas
- Og'riq qoldiruvchi sifatida 5 kundan ortiq emas.
Preparat dozalari 6 - 8 soat oralig'ida (yoki zarur bo'lsa, kamida 4 soatlik interval bilan) qo'llaniladi.
6 oylikgacha bo'lgan bolalarga dori vositasini faqat shifokor maslahatidan va shifokor buyurganidan so'ng kiritish kerak.
Agar 3 dan 5 oygacha bo'lgan bolalarda preparatni qabul qilgandan so'ng 24 soat ichida simptomlar saqlanib qolsa yoki kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak. Agar 6 oydan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni qabul qilish fonida simptomlar 3 kundan ko'proq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Tavsiya etilgan preparat dozasini oshirmaslik kerak.
Preparat simptomatik davolash uchun mo'ljallangan. Agar simptomlar saqlanib qolsa yoki kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Vaksinatsiyadan keyin tana haroratining ko'tarilishi
Bir martalik 2,5 ml suspenziya yuboriladi, zarur bo'lsa, doza 6 soatdan so'ng takrorlanishi mumkin. 24 soat davomida 2,5 ml suspenziyadan ikki dozadan ko'p yuborilmasligi kerak. Bunday simptomlar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Shprits ko'rinishidagi dozatorni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
1. flakon qopqog'ini burab ochish (pastga bosib, soat strelkasiga teskari burash).
2. dozatorni flakon og'zining teshigiga mahkam kiriting.
3. flakon tarkibini kuchli chayqatib aralashtiring.
4. dozatorni to'ldirish uchun flakonni teskari aylantirib, dozator porshenini ehtiyotkorlik bilan pastga suring, kerakli belgigacha suyuqlikni to'kib oling.
5. flakonni asl holatiga qaytaring va dozatorni ehtiyotkorlik bilan burab chiqarib oling.
6. dozator uchini bolaning og'iz bo'shlig'iga joylashtiring va porshenni sekin bosib, dozator tarkibini yuboring.
7. qo'llashdan so'ng flakonni qopqog'ini burab yoping, dozatorni suvda yuvib quriting.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy suyaklarning mustahkamligini ta'minlovchi asosiy mikroelement bo‘lib, uning 99% suyak to‘qimalarida, 1% esa yumshoq to‘qimalarda mavjud. Kalsiy hujayra va to‘qima suyuqliklarining doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, ular organizm hujayralarining o‘sishi va faoliyati jarayonlarida, shuningdek, ichak orqali oziq moddalar so‘rilishida ishtirok etadi. Kalsiy organizmning himoya kuchlarini mustahkamlaydi va uni agressiv omillar va infeksiyalarga nisbatan bardoshliligini oshiradi, hujayralarning gipersezgirligini kamaytiradi va allergiyani bartaraf etadi, Krebs sikli va ATF sintezini faollashtiradi, hujayra membranalari va tomir devorlarining o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, og‘ir metall ionlarini chiqarishga yordam beradi. Kalsiy homilaning normal jismoniy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan eng muhim minerallardan biri bo‘lib, u suyaklar, tishlar, asab tizimi, mushaklar va teri, ichki organlar, soch va tirnoqlarning shakllanishida, shuningdek, asosiy biokimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan fermentlarning asosiy kofaktori hisoblanadi. Kalsiy quyidagi jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi: mushaklarning reaksiyasi, qonni ivishi, asab impulslarini o‘tkazish, yurak mushaklarining ritmi va qisqarishi, bolalarda suyaklarning shakllanishi va osteoporoz (suyak tuzilmasining bo‘shashishi) profilaktikasida. Kalsiyning dastlabki zaxirasi inson tomonidan tug‘ilishidan oldin onadan olinadi. Tug‘ilgandan so‘ng organizm kalsiyni tashqaridan oladi. Sabzavotlar, mevalar, ko‘katlar, sut va boshqalar – bu mahsulotlarning barchasi organizmga kalsiy olib kiradi. Biroq, shuni tushunish muhimki, ovqat bilan organizmga kiradigan kalsiyning o‘zlashtirilishi 20% dan oshmaydi. Shuningdek, organizmdagi kalsiy miqdorini kamaytirishga yordam beruvchi omillar ham mavjud. Bular chekish, spirtli ichimliklar, shakarli mahsulotlar va ichimliklar iste’moli, bir qator gormonal dori vositalarini qo‘llashdir. Kundalik ovqatlanishda yetarli miqdorda kalsiy olmaydigan odamlar uni qo‘shimcha qabul qilishga muhtoj.