Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-AKIDERM KREM TASHKI FOYDALANISH UCHUN 10G
AKIDERM KREM TASHKI FOYDALANISH UCHUN 10G
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari akiderm krem tashki foydalanish uchun 10g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    AKIDERM krem quyidagi infeksiyalarni davolash uchun koʻrsatilgan:
    - Grammanfiy tayoqchalar;
    - Terining dermatofit va xamirturush infeksiyalari (balanit va vulvitlarni oʻz ichiga oladi);
    - Vaginitlar (zamburugʻli va aralash infeksiyalar natijasida);
    - Birlamchi tirnash xususiyati beruvchi dermatit;
    - Kontakt allergik dermatit;
    - Ekzema - atopik, bolalar, diskoid, turgʻun;
    - Seborey dermatit;
    - Qizil yassi temiratki va anal qichishish;
    - Psoriaz;
    - Diskoid qizil volchanka;
    - Halqali granuloma/lipoid nekrobioz;
    - Oyoq mikozlari.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
    Teri silida va suvchechakda qoʻllash mumkin emas.
  • Qo'llash usuli
    Teri yuzasiga va unga tutash sohalarga yupqa qatlamda kuniga 2 marta, ertalab va kechqurun surtiladi.
    Uzoq muddatli qoʻllashda preparatni bekor qilishni asta-sekin amalga oshirish tavsiya etiladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Teri tomonidan allergik reaksiyalar (qichishish, qizarish, teri toshmasi) mumkin. Har qanday nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, kremni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Chiqarish shakli
    Faol modda: Klotrimazol BF - 1,0% m/m;
    Beklometazon Dipropionat (suvsiz) BF - 0,025% m/m;
    Gentamitsin Sulfat BF Gentamitsinga ekvivalent - 0,1 % m/m;
    Konservantlar: Xlorokrezol BF - 0,1 % m/m;
    Bronopol BF - 0,02 % m/m.
    Yordamchi modda: Krem asos
  • Farmakologik xususiyatlari
    AKIDERM kremi yaxshi muvozanatlangan vosita bo‘lib, terining turli xil infeksiyalarida samarali, galogen bilan almashgan kortikosteroid – Beklometazon Dipropionat, keng ta’sir doirasiga ega sintetik imidazol hosilasi – Klotrimazol va aminoglikozid antibiotik – Gentamitsin sulfatni o‘z ichiga oladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Infeksiya ogʻirligiga qarab, uzoq muddatli qoʻllashdan saqlanish kerak, shuningdek, umumiy qoʻllash haftasiga 50-100 g maz bilan cheklanishi lozim. Agar kasallik belgilari saqlanib qolsa va zararlangan sohada sezgi oʻzgarishlari boʻlsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.
    Intensiv yoki profilaktik maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Preparatni uzoq muddat qoʻllagandan soʻng, uni bekor qilishni asta-sekin amalga oshirish tavsiya etiladi, holatning kuchayib ketishini oldini olish uchun. Ushbu preparat faqat mutlaq koʻrsatmalar boʻyicha va davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan soʻng qoʻllanilishi kerak. 

    Bolalar
    Bolalarda qoʻllash muddati maksimal 5 kungacha. Intensiv yoki profilaktik maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Preparatni uzoq muddat qoʻllagandan soʻng, uni bekor qilishni asta-sekin amalga oshirish tavsiya etiladi, holatning kuchayib ketishini oldini olish uchun.


    Homiladorlik va laktatsiya davri
    Ushbu preparat faqat mutlaq koʻrsatmalar boʻyicha va davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan soʻng qoʻllanilishi kerak. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri yoki nomutanosiblik holatlari tavsiflanmagan.
    Agar siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan boʻlsangiz, preparatni qoʻllash imkoniyati boʻyicha shifokor bilan albatta maslahatlashishingiz kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Mahalliy qo'llashda o'tkir dozani oshirib yuborish ehtimoli past.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilmurod
    ico ico ico ico ico
    Этот крем действительно эффективен, кожа стала более гладкой и увлажненной.
    06 August 2024
    0
    0
  • Shahnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный крем, помог мне быстро избавиться от прыщей на лице.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico