-
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol modda: naftifin gidroxlorid - 10,0 mg;
yordamchi modda: natriy gidroksid, benzil spirti, sorbitan monostearat, setilpalmitat, setil spirti, stearil spirti, polisorbat 60, izopropilmiristat, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Vosita quyidagilarni davolash uchun qo'llaniladi:
tananing terisi yoki teri burmalarining zamburug'li kasalliklari (tinea corporis, tinea inguinalis);
barmoqlar orasidagi mikozlar yoki zamburug'li kasalliklar (tinea manum, tinea pedum);
tirnoqlarning zamburug'li infeksiyalari (onixomikozlar);
terining kandidozlari;
Pityrosporum orbiculare tomonidan chaqirilgan rangli temiratkini davolash va ikkilamchi bakterial infeksiya bilan bog'liq mikozlarni davolash;
dermatomikoz yoki terining yallig'lanishi, zamburug'li kasalliklar (qichishish bilan yoki qichishishsiz).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
homiladorlik (xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan);
laktatsiya davri (xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan);
naftizinga (faol modda), benzil spirti yoki preparatning boshqa komponentlariga (yordamchi moddalarga) yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: bolalar yoshi (klinik tajriba cheklangan).
-
Qo'llash usuli
Ajiderilni zararlangan teri yuzasiga va unga tutash sohalarga kuniga 1 marta, ularni yaxshilab tozalab va quritib bo'lgandan so'ng, zararlangan sohaning chetlarida taxminan 1 sm sog'lom terini qamrab olgan holda surtish kerak.
Krem kuniga bir marta zararlangan teri sohasiga va unga tutash sohalarga, ularni yaxshilab tozalab va quritib bo'lgandan so'ng surtiladi.
Tirnoqlarning zamburug'li kasalliklarida kremni kuniga ikki marta surtish tavsiya etiladi.
Qaytalanishni oldini olish uchun davolash klinik simptomlar yo'qolganidan keyin kamida 2 hafta davom ettirilishi kerak.
Dermatomikozni davolash davomiyligi 2-4 hafta (zarur bo'lsa 8 haftagacha), kandidozda 4 hafta.
Onixomikozda kremni birinchi marta qo'llashdan oldin zararlangan tirnoq qismini maksimal darajada qaychi va pilka yordamida olib tashlash kerak. Preparat kuniga ikki marta qo'llaniladi, davolash davomiyligi 6 oygacha.
Infeksiya qaytalanishini oldini olish uchun davolash klinik simptomlar yo'qolganidan keyin kamida 2 hafta davom ettirilishi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Mahalliy reaksiyalar: ayrim hollarda terining qurishi, qizarishi, kuydiruvchi hissi.
Nojo'ya ta'sirlar qaytar va davolashni to'xtatishni talab qilmaydi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holatlar: noma'lum - qurish hissi, qizarish va kuydiruvchi hissi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Naftifin tashqi qo'llash uchun mo'ljallangan zamburug'larga qarshi vosita bo'lib, allilaminlar sinfiga kiradi. Ta'sir mexanizmi skvalen-2,3-epoksidani ingibitsiyalash bilan bog'liq bo'lib, bu zamburug' hujayra devorining tarkibiga kiruvchi ergosterol hosil bo'lishining kamayishiga olib keladi.
Trichophyton, Epidermophyton, Microsporum kabi dermatofitlar, mog'orlar (Aspergillus spp.), xamirturush zamburug'lari (Candida spp., Pityrosporum) va boshqa zamburug'lar (masalan, Sporothrix schenckii) ga nisbatan faol.
Dermatofitlar va aspergillarga nisbatan naftifin fungitsid ta'sir ko'rsatadi.
Xamirturush zamburug'lariga preparat mikroorganizmlar shtammiga qarab fungitsid yoki fungistatik faollik namoyon qiladi. Gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial faollikka ega bo'lib, ular ikkilamchi bakterial infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, bu yallig'lanish simptomlarining, ayniqsa qichishishning tez yo'qolishiga yordam beradi.
Farmakokinetika
Tashqi qo'llanganda teriga yaxshi kirib boradi, uning turli qatlamlarida barqaror zamburug'larga qarshi konsentratsiyalar hosil qiladi. Teriga surtilgandan so'ng naftifinning 6% dan kamrog'i tizimli so'rilishga uchraydi. So'rilgan miqdor qisman metabolizmga uchraydi va buyraklar hamda ichak orqali chiqariladi. Naftifinning yarim chiqarilish davri 2-3 kunni tashkil etadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparatning ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Preparatni olib tashlash uchun maxsus choralar talab qilinmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Hozirgi kunda naftifinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q yoki juda cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita reproduktiv toksiklik ta’sirini ko‘rsatmaydi.
Ajiderilni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas (xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan).
Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat zaruriyat tug‘ilganda qo‘llash kerak.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaktsiya tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Naftifinning mahalliy qo‘llanilishida o‘tkir dozani oshirib yuborish ehtimoli past va hayot uchun xavfli holatlar kutilmaydi. Naftifinning mahalliy qo‘llanilishida tizimli intoksikatsiya ehtimoli past, chunki preparat teri orqali kam miqdorda so‘riladi. Tasodifiy yutib yuborilgan taqdirda simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborish bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
O‘zaro ta’sirlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.