Maxsus ko'rsatmalar
O‘tkir kasalliklarni boshdan kechirgan shaxslarga sog‘aygandan keyin 2-4 hafta o‘tgach emlash o‘tkaziladi. Kasallikning yengil shakllarida emlash klinik simptomlar yo‘qolgandan keyin ruxsat etiladi.
Surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar to‘liq yoki qisman remissiyaga erishilganda emlanadi. Nevrologik buzilishlari bo‘lgan bolalar jarayonning progreslashuvi istisno qilingandan keyin emlanadi. Allergik kasalliklari bo‘lgan bemorlarga emlash kasallik zo‘rayishi tugaganidan 2-4 hafta o‘tgach o‘tkaziladi, bunda kasallikning barqaror namoyonlari (lokalizatsiyalangan teri ko‘rinishlari, yashirin bronxospazm) emlashga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi va emlash mos terapiya fonida o‘tkazilishi mumkin.
Immunodefitsitlar, OITS-infeksiya, shuningdek, qo‘llab-quvvatlovchi kurs terapiyasi (shu jumladan GKSlari) emlashga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi.
Qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash maqsadida shifokor emlash kuni ota-onalarni so‘roqqa tutadi va emlanadiganlarni majburiy termometriya bilan ko‘rikdan o‘tkazadi. Kattalarda emlashda emlanadiganlarni oldindan tanlab olish, ularni emlash kuni tibbiy xodim tomonidan so‘roqqa tutish va emlash o‘tkazilishi mumkin. Vaqtinchalik emlashdan ozod qilingan shaxslar nazorat va hisobga olinib, o‘z vaqtida emlanishi kerak.
Epidemiologik zarurat bo‘lsa, ADS-M anatoksinini o‘tkir kasallik fonida kiritish mumkin. Agar ushbu preparatning oldingi dozasi kuchli reaksiya chaqirgan bo‘lsa, takroriy doza GKSlari (prednizolon og‘iz orqali - 1-1,5 mg/kg/kun emlashdan bir kun oldin va darhol keyin) fonida kiritiladi.
Stolbnyak anatoksini bilan emlangan shaxslarga revaktsinatsiyalar oralig‘ida difteriya anatoksini bilan emlash o‘tkaziladi.
ADS-M anatoksini poliomiyelit vaksinasidan bir oy o‘tgach yoki bir vaqtda, shuningdek, milliy emlash taqvimi bo‘yicha boshqa vaksinalar bilan kiritilishi mumkin.
Tez rivojlanadigan allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, ayniqsa sezgir shaxslarga emlashdan keyin 30 daqiqa davomida tibbiy kuzatuv ta’minlanishi kerak. Emlash o‘tkaziladigan joylar anafilaktik shokga qarshi terapiya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
ADS-M anatoksini kiritilishiga og‘ir allergik reaksiyalar bergan shaxslarga ushbu preparat bilan rejalashtirilgan emlashlar to‘xtatiladi.
Butunligi buzilgan, markirovkasi yo‘q, fizik xossalari o‘zgargan (rangi o‘zgargan, erimaydigan cho‘kma mavjud), noto‘g‘ri saqlangan ampulalardagi preparat ishlatishga yaroqsiz.
Ampulalarni ochish va emlash jarayoni aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ochilgan ampulada preparat saqlanmaydi.
Preparat kiritilishi belgilangan hisob shakllarida seriya raqami, yaroqlilik muddati, ishlab chiqaruvchi korxona, kiritilgan sana ko‘rsatilgan holda qayd etiladi.