-
Tarkibi
1 tuba tarkibida:
faol moddalar: diklofenak (diklofenak dietilamin shaklida) 1%, zig'ir yog'i 3%, metilsalisilat 10%, mentol 5%.
yordamchi moddalar: ketomakrogol, ketostearil spirti, natriy propilparaben, benzil spirti, propilenglikol, oq petrolatum, karbopol-940, suyuq parafin, dietilamin, tvin-80, natriy metilparaben, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Shish va og'riqni kamaytiradi: cho'zilish, bel sohasidagi og'riq, bo'g'im va mushaklardagi og'riqlarda.
Quyidagi og'riq va yallig'lanish bilan kechuvchi tayanch-harakat tizimi kasalliklarida qo'llaniladi:
travmadan keyingi yumshoq to'qimalar va bo'g'imlarning yallig'lanishi (cho'zilish, zo'riqish va lat yeyish, sport jarohatlari natijasida);
yumshoq to'qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to'qimalarning zararlanishi va boshqalar);
mushak va bo'g'im kasalliklari bilan bog'liq og'riq sindromi va shish (revmatoid artrit, osteoartroz, radikulit, lumbago, ishiatik va boshqalar);
Dyupley sindromi va orqa umurtqa oraliq diskining tushib ketishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
teri qoplamlarining yaxlitligi buzilishi;
homiladorlikning III trimestri;
laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan emizish);
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi;
preparat komponentlariga, atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa YOKVQga yuqori sezuvchanlik;
aspirin bilan qo‘zg‘atilgan bemorlarda astmatik holat.
Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborish ehtimoli juda past, chunki diklofenakning tashqi qo‘llashda tizimli so‘rilishi nihoyatda past. Tasodifiy ichga qabul qilinganda preparat diklofenakning peroral shakllariga xos nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tizimli nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelganda me’da yuvish va adsorbent qabul qilish tavsiya etiladi.
Davolash: simptomatik.
-
Qo'llash usuli
Faqat tashqi qo'llash uchun.
Zararlangan joylarga kuniga 3-4 marta surtiladi va gel yo'qolguncha ishqalash kerak. Qo'llash maydoniga qarab optimal miqdorni olish va ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda nojo'ya ta'sirlar chaqiradi. Ba'zan gel surtilgan joyda qizarish, qichishish yoki achishish, papulalar, vezikulalar, terining qobiq tashlashi kuzatiladi. Ayrim bemorlarda fotosensibilizatsiya bo'lishi mumkin.
Juda kam hollarda gipersensitivlik reaksiyalari (toshma, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish) kuzatiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
Diklofenak aniq yallig‘lanishga qarshi va analgezik ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’sir mexanizmi COX-1 va COX-2 ni neselektiv tormozlashi, araxidon kislotasi almashinuvining buzilishi va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar biosintezining bostirilishi bilan bog‘liq. Gelni yallig‘lanish jarayonida qo‘llash og‘riq sindromi va to‘qimalar shishining kamayishiga yoki yo‘qolishiga olib keladi.
Zig‘ir yog‘ining asosiy komponenti alfa-linolen kislotasi (to‘yinmagan yog‘ kislotasining etil efiri) bo‘lib, u yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Mahalliy qo‘llashda diklofenak va metilsalisilat tez so‘riladi va teri osti yog‘ qavati, mushak to‘qimasi, bo‘g‘im kapsulasi va bevosita bo‘g‘im bo‘shlig‘iga kirib, bo‘g‘imlardagi og‘riq va yallig‘lanishni bartaraf etadi, ertalabki qotish va bo‘g‘imlarning shishishini kamaytiradi, harakat hajmining oshishiga yordam beradi.
Mentol - teriga surtilganda qon tomirlarini kengaytiradi, sovuqlik va og‘riqsizlantiruvchi hissi paydo qiladi, shuningdek, kuchsiz antiseptik xususiyatlarga ega.
Farmakokinetika
Teri orqali so‘riladigan gel miqdori surtilgan maydonga proporsional, shuningdek, preparatning umumiy dozasiga va terining gidratatsiya darajasiga bog‘liq. Preparat tashqi qo‘llanganda diklofenakning 6% dan ko‘pi so‘rilmaydi.
Metabolizm asosan gidroksillanish yo‘li bilan amalga oshiriladi, natijada bir nechta hosilalar hosil bo‘ladi, ulardan ikkitasi farmakologik faol, biroq diklofenakka nisbatan ancha past darajada. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Diklofenakning plazmadagi umumiy tizimli klirensi o‘rtacha 263±56 ml/min, yakuniy yarim chiqarilish davri esa 1-3 soatni tashkil etadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
O‘zaro ta’sirlar ehtimoli juda past, chunki gelning tashqi qo‘llashda tizimli so‘rilishi nihoyatda past.
Preparatni boshqa YOKVQ bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Mahalliy kosmetik vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Gel faqat butun teriga surtilishi kerak, ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Surtilgandan so'ng o'ramli bog'lam qo'yilmasligi kerak. Preparatning ko'zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Ehtiyotkorlik bilan buyuriladi: jigar porfiriyasi (kuchayish bosqichida), me'da-ichak yo'llarining eroziya-yarali shikastlanishlari, jigar va buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalar.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikning III trimestrida qo'llash mumkin emas. I va II trimestrda faqat ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lsa qo'llash mumkin.
Diklofenak va uning metabolitlari ona sutiga o'tadi, shuning uchun preparat emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar
Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.