-
Tarkibi
1 paket 8 g tarkibida: faol modda - fosfomitsin trometamol 5,631 g (3,0 g fosfomitsinga ekvivalent); yordamchi moddalari: mandarin aromatizatori 0,07 g, apelsin aromatizatori 0,07 g, saxarin 0,016 g, saxaroza 2,213 g.
-
Qo'llanilishi
O'tkir bakterial sistit, qaytalanadigan bakterial sistitning o'tkir xurujlari
bakterial noaniq uretrit
homilador ayollarda simptomlarsiz massiv bakteriuriya
operatsiyadan keyingi siydik yo'llari infeksiyalari
jarrohlik aralashuvi va transuretral diagnostik tadqiqotlar vaqtida siydik chiqarish yo'llari infeksiyasining oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Fosfomitsin trometamolga individual yuqori sezuvchanlik, og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml/min), 5 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali.
Granulalar 1/3 stakan suvda eritiladi. Monural kuniga bir marta och qoringa, ovqatdan 2 soat oldin yoki keyin, afzalroq uxlashdan oldin, siydik pufagini oldindan bo'shatib, og'iz orqali qabul qilinadi.
Kattalarga 1 paket (3 g) kuniga 1 marta buyuriladi.
Siydik chiqarish yo'llari infeksiyasining oldini olish maqsadida jarrohlik aralashuvi, transuretral diagnostik muolajalar vaqtida Monural yuqorida ko'rsatilgan dozada ikki marta qabul qilinadi: aralashuvdan 3 soat oldin va aralashuvdan 24 soat o'tgach.
5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga kunlik doza 2 g kuniga 1 marta buyuriladi.
Davolash kursi 1 kun.
Og'irroq hollarda (keksa bemorlar, qaytalanadigan infeksiyalar) 24 soatdan so'ng yana 1 paket qabul qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligida doza kamaytiriladi va qabul qilish oralig'i uzaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, qorin qaynashi, diareya), teri toshmasi, allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
So‘rilishi: Monural® og‘iz orqali qabul qilinganda me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi.
Organizmda fosfomitsin va trometamolga dissotsiyalanadi. Ikkinchisi antibakterial xususiyatlarga ega emas. Og‘iz orqali bir martalik 3 g doza qabul qilinganda biokiraolishligi 34 dan 65% gacha. Plazmadagi maksimal konsentratsiya og‘iz orqali qabul qilingandan 2-2,5 soat o‘tib kuzatiladi va 22-32 mg/l ni tashkil etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 4 soat.
Taqsimlanishi: Monural® plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, metabolizmga uchramaydi, asosan siydikda to‘planadi. Og‘iz orqali bir martalik 3 g doza qabul qilinganda siydikda yuqori konsentratsiya (1053 dan 4415 mg/l gacha) hosil bo‘ladi, bu siydik yo‘llari infeksiyalarining ko‘pchilik odatiy qo‘zg‘atuvchilari uchun 99% bakteritsid hisoblanadi. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar uchun Monural®ning minimal ingibirlovchi konsentratsiyasi 128 mg/l ni tashkil etadi. U siydikda 24-48 soat davomida saqlanib turadi, bu bir martalik davolash kursini nazarda tutadi. Monuralning siydikdagi konsentratsiyasi E. coli uchun minimal ingibirlovchi konsentratsiyadan kamida 80 soat davomida yuqori bo‘ladi.
Chiqarilishi: Monural® 90% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi va siydikda yuqori konsentratsiyalar hosil qiladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% o‘zgarmagan holda ichak orqali chiqariladi. Buyrak funksiyasi o‘rtacha pasaygan bemorlarda (kreatinin klirensi <80 ml/min), shu jumladan keksalarda fiziologik pasayish bo‘lsa, fosfomitsinning yarim chiqarilish davri biroz uzayadi, biroq siydikdagi konsentratsiyasi terapevtik darajada saqlanib turadi.
Farmakodinamikasi
Monuralning faol moddasini - fosfomitsin trometamol - keng ta’sir doirasiga ega antibiotik, fosfon kislotasi hosilasi tashkil etadi.
Monural® bakteritsid ta’sirga ega. Ta’sir mexanizmi bakteriya hujayra devori sintezining birinchi bosqichini bostirish bilan bog‘liq. Fosfoenolpiruvatning strukturaviy analogi bo‘lib, N-atsetil-glyukozamino-3-o-enolpiruvil-transferaza fermenti bilan raqobatli o‘zaro ta’sirga kirishadi, natijada ushbu fermentning o‘ziga xos, selektiv va qaytmas ingibitsiyasi yuz beradi, bu esa boshqa antibiotiklar sinflari bilan o‘zaro rezistentlikning yo‘qligini va boshqa antibiotiklar bilan sinergizm imkoniyatini ta’minlaydi (in vitro amoksitsillin, tsefaleksin, pipemidin kislotasi bilan sinergizm qayd etilgan). Fosfomitsin trometamolning in vitro antibakterial ta’sir doirasi ko‘pchilik odatiy gram-musbat (Enterococcus spp., Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus saprophyt., Staphylococcus spp.) va gram-manfiy (E. coli, Citrobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas spp., Serratia spp.) qo‘zg‘atuvchilarni o‘z ichiga oladi. In vitro fosfomitsin trometamol siydik yo‘llari epiteliyida bir qator bakteriyalarning adgeziyasini kamaytiradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Metoklopramid bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki bu Monural® ning qon zardobida va siydikda konsentratsiyasining kamayishiga olib kelishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik davrida preparat faqat onaga bo‘lgan potentsial foyda homilaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, buyuriladi.
Agar preparatni laktatsiya davrida buyurish zarur bo‘lsa, davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Monural® ni ovqat bilan birga qabul qilish uning so‘rilishini sekinlashtiradi – preparatni ovqatdan 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish zarur.
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar hisobga olishlari kerakki, 2 g yoki 3 g fosfomitsin dozali Monural® ning 1 paketida mos ravishda 2,100 g yoki 2,213 g saxaroza mavjud.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish simptomlari: diareya. Uzoq davom etuvchi diareya paydo bo‘lsa, simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborish xavfi minimal, chunki Monural® 1 yoki 2 paketli qadoqlarda chiqariladi. Dozani oshirib yuborishda diurezni oshirish maqsadida suyuqlik ichish tavsiya etiladi.