-
Tarkibi
1 tabletkada:
faol modda:
trimebutin maleat 200 mg;
yordamchi modda:
laktoza monogidrat 81,6 mg,
jo'xori kraxmali 32 mg,
kolloid kremniy dioksidi (aerosil) 3,2 mg,
magniy stearati 3,2 mg.
-
Qo'llanilishi
Irritabl ichak sindromi.
Operatsiyadan keyingi paralitik ichak tutilishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Trimebutin maleat va preparat tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Ushbu dori shakli uchun 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Homiladorlik.
Laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan oldin.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: kuniga 3 marta 100-200 mg.
Davolash kursidan so'ng, remissiya davrida irritabl ichak sindromi qaytalanishini oldini olish uchun preparatni kuniga 300 mg dozada 12 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
5-12 yoshdagi bolalar: kuniga 3 marta 50 mg.
3-5 yoshdagi bolalar: kuniga 3 marta 25 mg.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, yoqimsiz ta'm sezilishi, diareya, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qabziyat.
Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, charchoq, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, bezovtalik, issiq yoki sovuqni his qilish.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi.
Boshqalar: hayz ko'rish siklining buzilishi, ko'krak bezlarining og'riqli kattalashuvi, siydik tutilishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Trimebutin ichakning enkefalinergik tizimiga ta’sir qilib, uning peristaltikasini tartibga soluvchi hisoblanadi. Periferik δ-, µ- va κ-retseptorlarga, shu jumladan butun me’da-ichak trakti (MITr) bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri silliq mushaklarda joylashgan retseptorlarga ta’sir qilib, u markaziy asab tizimiga ta’sir qilmasdan motorikani tartibga soladi. Shu tariqa, trimebutin MITr motorika buzilishi bilan bog‘liq turli kasalliklarda ichak mushaklarining normal fiziologik faolligini tiklaydi.
Trimebutin visseral sezuvchanlikni normallashtirib, qorin og‘rig‘i sindromida analgetik ta’sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetika
So‘rilish va taqsimlanish. Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng trimebutin me’da-ichak traktidan tez so‘riladi, plazmadagi maksimal konsentratsiyaga (Cmax) 1-2 soatda erishiladi. Biokiraolishligi 4-6%. Taqsimlanish hajmi (Vd) - 88 l. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past - taxminan 5%. Trimebutin platsentar to‘siqdan ahamiyatsiz darajada o‘tadi.
Metabolizm va chiqarilish. Trimebutin jigar orqali metabolizatsiyalanadi va asosan metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi (taxminan 70% birinchi 24 soat ichida). Yarim chiqarilish davri (T1/2) - taxminan 12 soat.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik. Eksperimental tadqiqotlarda trimebutinning teratogenligi va embriotoksikligi haqida ma’lumotlar aniqlanmagan. Shunga qaramay, zarur klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli homiladorlik davrida trimebutinni qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri. Trimebutinni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qo‘llash xavfsizligini tasdiqlovchi ishonchli klinik ma’lumotlar mavjud emas.
Agar emizish davrida trimebutinni qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Irritabl ichak sindromini davolash kursi o‘tkir davrda kuniga 600 mg dozada to‘rt hafta davomida va kursdan so‘ng davolashni kuniga 300 mg dozada 12 hafta davomida davom ettirish kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini beradi.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi, psixomotor reaksiyalar tezligiga ta’sir qilmaydi va turli kasb egalari, shu jumladan yuqori e’tibor va harakatlarni muvofiqlashtirishni talab qiladigan shaxslarda qo‘llanilishi mumkin.
Biroq, mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarni (bosh aylanishi va boshqalar) hisobga olgan holda, avtomobil boshqarishda va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha trimebutin bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.