Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Ascocin Max № 10 ko'pikli planshetlar
Ascocin Max № 10 ko'pikli planshetlar
Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
36 080 so'm 45 100 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari ascocin max № 10 ko'pikli planshetlar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Shipildoq tabletkalar
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    ta'sir qiluvchi moddalari: vitamin S (L-askorbin kislotasi); sink sitrat trigidrat; 1 shippak tabletkada: vitamin S (L-askorbin kislotasi) 1000 mg; sink sitrat trigidrat sinkga hisoblaganda 10 mg; boshqa tarkibiy qismlar: sorbit (E 420), limon kislotasi suvdan holi, natriy bikarbonat, natriy karbonat suvdan holi, aspartam (E 951), atsesulfam kaliy, natriy xlorid, «IF1212 Orange flavor SD» aromatizatori, annato kukuni bo'yoqchi.
  • Qo'llanilishi
    S vitamini va sink yetishmovchiligini davolash.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Dori vositasi komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Nefrolitiaz, xususan anamnezda. Oksalat genezli yoki oksaluriya bilan bog‘liq siydik-tosh kasalligi. Buyrakning og‘ir kasalliklari, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan dializdagi bemorlar). Gemoxromatoz.
  • Qo'llash usuli
    Askotsin Maks kattalarga kuniga 1 tabletka, oldindan bir stakan suvda (200 ml) eritilgan holda qo‘llaniladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Oshqozon-ichak tomondan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, oshqozon-ichak va qorin sohasida og‘riq. Teri tomondan: qichishish, teri toshmasi, shish. Immun tizimi tomondan: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, allergik reaksiyalar, anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok, astma, angionevrotik shish, toshma, kardiopulmonar distres. Shubha qilingan nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish muhim tartibdir. Bu ushbu dori vositasi uchun foyda/xavf nisbatini nazorat qilishni davom ettirish imkonini beradi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Farmakodinamikasi. Askotsin Maks ikki dori vositasini birlashtirgan kombinatsiyalangan preparatdir: suvda eruvchan S vitamini – askorbin kislotasi va mikroelement – sink. Askorbin kislotasining ta’sir mexanizmi Askorbin kislotasi (S vitamini) muhim antioksidant, metabolik vosita bo‘lib, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga soladi va organizmning moslashuvchanlik imkoniyatlarini oshiradi. Organizmda S vitaminini saqlash qobiliyati past bo‘lgani sababli, uni yetarli miqdorda muntazam qabul qilish inson uchun zarur. Askorbin kislotasi va uning metaboliti – degidroaskorbin kislotasi – qaytariluvchi oksidlanish-qaytarilish tizimini hosil qiladi, bu ko‘plab fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi va S vitaminining ta’sir spektri asosini tashkil etadi. Askorbin kislotasi bir qator gidroksillanish va amidlanish reaksiyalarida kofaktor sifatida fermentlarga elektronlarni o‘tkazish orqali turli biologik substratlarni qaytarilishini ta’minlaydi. Askorbin kislotasining inson organizmi uchun ahamiyati eng yaqqol tarzda tsinga – S vitaminining klinik jihatdan namoyon bo‘lgan yetishmovchiligida namoyon bo‘ladi. Askorbin kislotasi prolin asosida gidroksiprolin hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi, u esa o‘z navbatida funksional faol kollagen rivojlanishi uchun zarur. Tsinga paytida kuzatiladigan simptomlar, masalan, yaralarning sekin bitishi, suyak o‘sishining buzilishi, tomirlarning mo‘rtligi va dentin hosil bo‘lishining buzilishi kollagen hosil bo‘lishining buzilishi natijasidir. Sinkning ta’sir mexanizmi S vitamini singari, sinkning past darajasi ham yaralar, yara va toshmalar bitish tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sink statusi samarali immun javobni, ayniqsa T-hujayralar orqali vositalashgan immun javobni saqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Farmakokinetikasi. Askorbin kislotasi Absorbsiyasi. Askorbin kislotasi asosan ingichka ichakning yuqori qismida natriyzavisim transport yordamida so‘riladi. Askorbin kislotasi yuqori konsentratsiyada bo‘lsa, uning so‘rilishi passiv diffuziya orqali amalga oshadi. S vitamini 1–12 g dozada peroral qabul qilinganda askorbin kislotasining so‘rilish ulushi taxminan 50% dan taxminan 15% gacha kamayadi, biroq qabul qilingan moddaning mutlaq miqdori oshishda davom etadi. Taqsimlanishi. S vitaminining maksimal fiziologik konsentratsiyasi taxminan 1500 mg ni tashkil etadi. Askorbin kislotasining taxminan 24% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Qon zardobidagi konsentratsiyasi odatda 10 mg/l (60 mkmol/l) ni tashkil etadi. Askorbin kislotasining konsentratsiyasi 6 mg/l (35 mkmol/l) dan kam bo‘lsa, S vitamini iste’moli har doim ham yetarli emasligini ko‘rsatadi, 4 mg/l (20 mkmol/l) dan kam bo‘lsa, hozirgi vaqtda askorbin kislotasi iste’moli yetarli emasligini bildiradi. Tsinganing klinik jihatdan namoyon bo‘lgan holatlarida S vitamini konsentratsiyasi qon zardobida 2 mg/l (10 mkmol/l) dan kam bo‘ladi. Metabolizmi. Askorbin kislotasi qisman degidroaskorbin kislotasi orqali shavvel kislotasi va boshqa mahsulotlarga metabolizatsiyalanadi. Biroq, ortiqcha miqdorda peroral qabul qilinganda askorbin kislotasi asosan o‘zgarmagan holda siydik va najas bilan chiqariladi. Siydikda askorbin kislotasining metaboliti – askorbat-2-sulfat ham mavjud. Chiqarilishi. Askorbin kislotasining yarim chiqarilish davri yuborish usuli, yuborilgan miqdor va so‘rilish tezligiga bog‘liq. Askorbin kislotasi 1 g dozada peroral qabul qilinganda yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatni tashkil etadi. S vitamini 1–3 g/kun dozada qabul qilinganda organizmdan siydik bilan chiqariladi. 3 g dan ortiq dozada qo‘llanganda, o‘zgarmagan holda najas bilan chiqariladigan preparat miqdori ortadi. Sink Absorbsiyasi. Sink butun ingichka ichak bo‘ylab so‘riladi. Och qoringa eritma ko‘rinishida yuborilgan sink (ionli) ning so‘rilishi 41-79% oralig‘ida bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarida yoki biologik faol qo‘shimchalar tarkibida mavjud bo‘lgan sink qabul qilinganda so‘riladigan modda miqdori 10–40 % ni tashkil etadi. Taqsimlanishi. Sink gomeostazini saqlash uchun organizmdagi umumiy miqdori qisman ichak so‘rilishi samaradorligi va ushbu mikroelementning endogen depodan chiqarilishi orqali tartibga solinadi. Kattalarda organizmdagi umumiy sink miqdori taxminan ayollarda 2,3 mmol (1,5 g) dan erkaklarda 3,8 mmol (2,5 g) gacha o‘zgaradi. Sink barcha organlar, to‘qimalar, suyuqliklar va sekretsiyalarda mavjud. Sink asosan hujayra ichidagi ion bo‘lib, jami sinkning 95% dan ortig‘i hujayralarda joylashgan. Sink barcha hujayra organellalari bilan bog‘langan, biroq hujayra sinkining taxminan 60-80% sitozolda mavjud. Metabolizmi. Ko‘pgina to‘qimalarda mavjud bo‘lgan umumiy sink miqdori uning plazmadagi umumiy miqdoridan ancha ko‘p. Shunday qilib, jigar kabi to‘qimalardagi sink miqdorining nisbatan kichik o‘zgarishlari ham plazmadagi sink konsentratsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. So‘rilgan barcha sink to‘qimalarga qon plazmasi orqali yetkaziladi va plazmadagi sink konsentratsiyasi kuniga taxminan 130 marta o‘zgaradi deb hisoblanadi. Maxsus “depo” sink mavjud emas. Kam sinkli dietalar (2,6–3,6 mg/kun/40–55 mmol/kun) bilan o‘tkazilgan ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, aylanib yuruvchi sink darajasi va sink tutuvchi fermentlar faolligi bir necha oy davomida normal chegarada saqlanishi mumkin, bu sink gomeostazi mexanizmining samaradorligini ta’kidlaydi. Chiqarilishi. Endogen sinkning asosiy chiqarilish yo‘li me’da-ichak trakti bo‘lib, yakuniy chiqarilish najas bilan amalga oshiriladi. Peroral yoki vena ichiga yuborilgan sinkning tekshirilayotgan dozalarida siydik bilan 2 dan 10% gacha chiqariladi, qolgan qismi najas bilan chiqariladi. Odamlarda najas bilan chiqarilish juda past sink qabulida <15 mkmol/kun (1 mg/kun) dan juda yuqori qabulda 80 mkmol/kun (5 mg/kun) dan ortiq bo‘lishi mumkin. Odatda siydik bilan kuniga 6 dan 9 mkmol (400–600 mkg) sink chiqariladi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Askorbin kislotasi bilan bog‘liq o‘zaro ta’sirlar Desferioksamin: askorbin kislotasi temirning to‘qimalarga toksikligini kuchaytirishi mumkin, ayniqsa yurak mushagida, bu yurak dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin. Siklosporin: askorbin kislotasi qonda siklosporin darajasini kamaytirishi mumkin. Varfarin: askorbin kislotasining yuqori dozalari varfarinning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ta’siri Askorbin kislotasi kuchli qaytaruvchi bo‘lgani sababli, u oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini o‘z ichiga olgan laboratoriya tadqiqotlari natijalarida kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin, masalan, glyukoza, kreatinin, karbamazepin, siydik kislotasi va noorganik fosfatlarni siydikda, qon zardobida va najasdagi yashirin qonda aniqlash. Preparatni qo‘llashda askorbin kislotasi laboratoriya tahlillari ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladimi-yo‘qligini aniqlash uchun ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Sink bilan bog‘liq o‘zaro ta’sirlar Sink ba’zi moddalar (jumladan, tetratsiklinlar, xinolon antibiotiklari, penisillamin) bilan komplekslar hosil qiladi, bu esa har ikkala moddaning so‘rilishini kamaytiradi. Ushbu o‘zaro ta’sirlar me’da-ichak traktida sodir bo‘lishi sababli, dori vositasini boshqa dori vositalaridan alohida qabul qilish orqali o‘zaro ta’sir ehtimolini kamaytirish kerak. Odatda, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sinkni boshqa preparatni qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 4–6 soat o‘tgach qabul qilish yetarli. Mis: sink misning so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Böyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar askorbin kislotasining yuqori dozalari qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak (qarang «Dozani oshirib yuborish» bo‘limi). Tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik kerak. O‘tkir yoki surunkali dozani oshirib yuborish (2 g/kun dan ortiq) nojo‘ya oqibatlar, jumladan oksalat toshlari hosil bo‘lishi, o‘tkir tubular nekroz va/yoki böyrak yetishmovchiligi xavfini oshiradi (qarang «Dozani oshirib yuborish» bo‘limi). Glyukozo-6-fosfataza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar tavsiya etilgan dozadan yuqori doza qabul qilmasliklari kerak. Ushbu guruhdagi bemorlarda askorbin kislotasining dozani oshirib yuborilishi gemolitik anemiya rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan (qarang «Dozani oshirib yuborish» bo‘limi). Boshqa monokomponentli vitaminlar, polivitamin preparatlari yoki boshqa har qanday dori vositalarini qabul qilayotgan yoki nazorat ostida bo‘lgan bemorlar ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va boshqa o‘zaro ta’sir turlari» va «Dozani oshirib yuborish» bo‘limlari). Askotsin Maks boshqa dori vositalaridan alohida, 4 soatlik interval bilan qo‘llanilishi kerak, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va boshqa o‘zaro ta’sir turlari» bo‘limi). S vitamini laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ta’sir qilishi mumkin, bu esa ularning noto‘g‘ri talqin qilinishiga olib kelishi mumkin. Ushbu dori vositasini qo‘llayotganingizda, shuningdek rejalashtirilgan yoki amalga oshirilayotgan diagnostik choralar haqida shifokoringizga xabar berishingiz zarur. Askorbin kislotasi glyukoza darajasini o‘lchaydigan test-to‘plamlar va glyukometrlar ish sifatiga ta’sir qilishi mumkin, bu esa noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin. Test-to‘plam yoki glyukometr yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va boshqa o‘zaro ta’sir turlari» bo‘limi). Askotsin Maks dori vositasi tarkibida sorbit mavjud, shuning uchun ayrim shakarlarni o‘zlashtira olmaslik aniqlanganda uni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur. Shuningdek, ushbu dori vositasi tarkibida fenilalanin hosilasi bo‘lgan aspartam mavjud bo‘lib, fenilketonuriya bilan og‘rigan bemorlar uchun xavfli hisoblanadi. 1 ta Askotsin Maks tabletkasida 158,37 mg natriy mavjud, shuning uchun natriy miqdorini nazorat qiluvchi dietaga rioya qilayotgan bemorlar ushbu dori vositasini ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davri Inson ishtirokida dori vositasini homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash xavfi baholangan yetarli nazoratli tadqiqotlar mavjud emasligi sababli, ushbu dori vositasini homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Fertillik 

    Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
    Preparat avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Tavsiya etilgan dozalarda dori vositasini qo‘llashda dozani oshirib yuborish holatlari haqida ma’lumot yo‘q. S vitamini va sinkning boshqa manbalardan qabul qilinishini hisobga olish kerak. Klinik belgilar va simptomlar, laboratoriya tahlillari natijalari va dozani oshirib yuborish oqibatlari juda xilma-xil bo‘lib, individual sezuvchanlik va atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq. S vitamini va/yoki sinkning dozasi oshirib yuborilishining umumiy namoyon bo‘lishi oshqozon-ichak buzilishlari, shu jumladan diareya, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga olishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur. Maxsus klinik namoyon bo‘lishlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: Askorbin kislotasi bilan bog‘liq S vitaminining o‘tkir yoki surunkali dozasi oshirib yuborilishi qon zardobi va siydikda oksalatlar darajasini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ba’zi hollarda bu giperoaksaluriya, kalsiy oksalat kristalluriyasi, kalsiy oksalat cho‘kmasi, buyrak toshlari hosil bo‘lishi, tubulointerstitsial nefropatiya va OPNga olib kelishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligining yengil va o‘rta darajasiga ega shaxslar S vitaminining ushbu toksik ta’sirlariga past dozalarda ham moyil bo‘lishi mumkin va preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Askorbin kislotasining dozasi oshirib yuborilishi glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda oksidlovchi gemoliz yoki dissemine intravaskulyar koagulyatsiyaga olib kelishi mumkin. Sink bilan bog‘liq Sinkning dozasi oshirib yuborilishi oshqozon-ichak shilliq qavatining tirnash xususiyati va eroziyasini, o‘tkir tubulyar nekroz, interstitsial nefrity, mis yetishmovchiligi, sideroblast anemiyasi va miyelonevropatiyani chaqirishi mumkin. Agar preparat bilan dozani oshirib yuborishdan shubha qilinsa, uni qabul qilishni to‘xtatish va klinik namoyon bo‘lishlarni davolash uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak. S vitamini gemodializ yordamida chiqariladi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Быстрая доставка и отличное качество продукта. Довольна покупкой в интернет-магазине Oxymed.
    06 August 2024
    0
    0
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Отличные шипучие таблетки, помогли мне быстро справиться с проблемой. Рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico