-
Tarkibi
1 tabletka tarkibida:
faol moddalari: gesperidin - 50 mg, diosmin - 450 mg;
yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza 62,0 mg, natriy karboksimetilkrakhmal (natriy kraxmal glikolyat) 27,0 mg, jelatin 31,0 mg, talk 6,0 mg, magniy stearat 4,0 mg;
qobig'i: gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza) 20,7 mg, makrogol 6000 (polietilenglikol 6000) 3,38 mg, natriy laurilsulfat 0,1 mg, magniy stearat 1,24 mg, titan dioksid 3,94 mg, temir oksid qizil 0,3 mg, temir oksid sariq 0,34 mg.
Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500 mg.
10 yoki 15 dona plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar konturli yacheykali o'ramda.
2, 3, 4, 6, 7, 8, 9 ta konturli yacheykali o'ramlar va qo'llanma bilan birga karton qutiga joylanadi.
-
Qo'llanilishi
Venoz-limfatik yetishmovchilik simptomlarini davolash: og‘riq, pastki ekstremitalarda qaltirash, oyoqlarda og‘irlik va to‘lishish hissi, “oyoq charchoqligi”. Venoz-limfatik yetishmovchilik namoyonlarini davolash: pastki ekstremitalarda shish, teri va teri osti yog‘ qavatida trofik o‘zgarishlar, venoz trofik yaralar. O‘tkir va surunkali gemorroy simptomatik davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi faol komponentlar yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
Preparatni emizikli ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali.
Venoz-limfatik yetishmovchilikda tavsiya etiladigan doza — kuniga 2 tabletka (bir yoki ikki marta qabul qilinadi): ertalab, kunduzi va/yoki kechqurun, ovqat vaqtida.
Davolash kursining davomiyligi bir necha oy (12 oygacha) bo'lishi mumkin. Simptomlar qayta paydo bo'lsa, shifokor tavsiyasiga ko'ra, davolash kursi takrorlanishi mumkin.
O'tkir gemorroyda tavsiya etiladigan doza — kuniga 6 tabletka: 4 kun davomida ertalab 3 tabletka va kechqurun 3 tabletka, so'ngra keyingi 3 kun davomida kuniga 4 tabletka: ertalab 2 tabletka va kechqurun 2 tabletka.
Surunkali gemorroyda tavsiya etiladigan doza — ovqat bilan kuniga 2 tabletka.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar rivojlanish tez-tezligi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10 holat), tez-tez (≥1/100 va <1/10 holat), kamdan-kam (≥1/1000 va <1/100 holat), kam (≥1/10000 va <1/1000 holat) va juda kam (<1/10000 holat).
Mavjud ma'lumotlar asosida rivojlanish tez-tezligini baholash imkoni bo'lmagan nojo'ya reaksiyalar "tez-tezligi noma'lum" deb belgilanadi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: kam — bosh aylanishi, bosh og'rig'i, umumiy holsizlik; tez-tezligi noma'lum — tutqanoq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez — diareya, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qusish; kamdan-kam — kolitlar; tez-tezligi noma'lum — qorin og'rig'i.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va o'rtacha ko'krak oralig'i tomonidan: tez-tezligi noma'lum — tomoqda qichishish, ko'krakda og'riq.
Teri qoplamlari tomonidan: kam — toshma, qichishish, eshakemi; tez-tezligi noma'lum — allergik dermatit, giperemiya, yuz, lab, qovoqlarning izolyatsiyalangan shishi, istisno holatlarda angionevrotik shish.
Agar ko'rsatilgan nojo'ya reaksiyalardan birortasi kuchaysa yoki Sizda yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Asosiy chiqarilish preparat najas bilan sodir bo‘ladi. Siydik bilan o‘rtacha qabul qilingan preparat miqdorining taxminan 14% chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri 11 soatni tashkil etadi.
Preparat faol metabolizmga uchraydi, bu siydikda fenol kislotalarining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
Farmakodinamikasi
Angioprotektor va venotoniziruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Venalarning cho‘ziluvchanligini kamaytiradi, ularning tonusini oshiradi va venoz dimlanishni kamaytiradi; kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradi hamda ularning rezistentligini oshiradi; mikrosirkulyatsiya va limfa oqimini yaxshilaydi. Sistematik qo‘llanilganda pastki ekstremitalarning surunkali venoz yetishmovchiligi organik va funksional tabiatdagi klinik namoyonlarining og‘irligini kamaytiradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Kuzatilmagan.
Qabul qilinayotgan barcha dori vositalari haqida davolovchi shifokorga xabar berish lozim.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar teratogen ta’sirlarni aniqlamagan. Hozirgi vaqtgacha preparatni homilador ayollar tomonidan qo‘llashda biron-bir nojo‘ya ta’sirlar haqida xabar berilmagan.
Emizish davri
Preparatning ko‘krak sutiga ajralishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli, emizikli ayollarga preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Gemorroyning zo‘rayishi davrida ushbu preparatni buyurish boshqa anal buzilishlarni maxsus davolashni almashtirmaydi.
Davolash davomiyligi “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi kerak. Agar simptomlar tavsiya etilgan davolash kursidan so‘ng yo‘qolmasa, proktologik tekshiruv o‘tkazish va qo‘llanilayotgan terapiyani qayta ko‘rib chiqish lozim.
Venoz qon aylanishi buzilishlari mavjud bo‘lsa, davolashning maksimal samarasi terapiyani sog‘lom (muvozanatli) turmush tarzi bilan birga olib borilganda ta’minlanadi: quyoshda uzoq vaqt bo‘lish, uzoq vaqt oyoqda turishdan saqlanish, shuningdek, ortiqcha tana vaznini kamaytirish tavsiya etiladi. Piyoda yurish va ayrim hollarda maxsus paypoq kiyish qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri: ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari tavsiflanmagan.
Preparatni dozadan ortiq qabul qilganda darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.