-
Qo'llanilishi
Preparat sepsis, septik endokardit, meningit, nafas yo‘llari infeksiyalari (pnevmoniya, surunkali bronxit, o‘pka abssessi va boshqalar), siydik va o‘t yo‘llari infeksiyalari (pielonefrit, pielit, tsistit, xolangit, xoletsistit), teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari va antibiotikka sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni qo‘llash penitsillinlar guruhi preparatlariga yuqori sezuvchanlikda, jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida kontrendikatsiyalangan. Bronxial astma, pichan isitmasi va boshqa allergik kasalliklarda preparat desensibilizatsiyalovchi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanadi.
-
Qo'llash usuli
Preparatni buyurishdan oldin qo‘zg‘atuvchining preparatga sezuvchanligini aniqlash kerak. Mushak ichiga yoki tomir ichiga (struyno va kapelno) yuboriladi. Kattalar uchun preparatning bir martalik dozasi har ikkala yuborish yo‘li uchun 0,25-0,5 g, sutkalik doza 1-3 g; og‘ir infeksiyalarda sutkalik doza 10 g va undan ko‘proqqa oshirilishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga preparat sutkada 100 mg/kg dozada buyuriladi, boshqa yosh guruhidagi bolalarga – 50 mg/kg. Infeksiya og‘ir kechganda ko‘rsatilgan dozalar ikki baravar oshirilishi mumkin. Sutkalik doza 4-6 marta, 4-6 soatlik interval bilan yuboriladi. Mushak ichiga yuborish uchun eritma ex tempore tayyorlanadi, flakon (0,25 yoki 0,5 g) tarkibiga 2 ml in'ektsiya uchun suv qo‘shiladi. Davolash davomiyligi 7-14 kun va undan ko‘proq. Tomir ichiga struyno yuborish uchun preparatning bir martalik dozasi (2 g dan ko‘p bo‘lmagan) 5-10 ml in'ektsiya uchun suvda yoki natriy xlorid izotonik eritmasida eritiladi va 3-5 daqiqa davomida sekin yuboriladi (1-2 g 10-15 daqiqa davomida). Bir martalik doza 2 g dan oshsa, preparat tomir ichiga (kapelno) yuboriladi. Preparatning bir martalik dozasi (2-4 g) mos ravishda 7,5-15,0 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi, so‘ng olingan antibiotik eritmasi 125-250 ml natriy xlorid izotonik eritmasi yoki 5-10 % glyukoza eritmasiga qo‘shiladi va 60-80 tomchi/min tezlikda yuboriladi. Kapelno yuborishda bolalarga erituvchi sifatida 5-10 % glyukoza eritmasi (30-50 ml yoshga qarab) qo‘llaniladi. Eritmalar tayyorlangandan so‘ng darhol ishlatiladi; ularga boshqa dori vositalarini qo‘shish mumkin emas. Sutkalik doza 3-4 marta yuborishga bo‘linadi. Davolash davomiyligi 5-7 kun, keyinchalik (zarurat tug‘ilganda) mushak ichiga yuborishga o‘tiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat qo‘llanganda allergik reaksiyalar, teri toshmalari, eshakemi, Kvinke shishi va boshqalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, kam hollarda – anafilaktik shok. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparat yuborilishini to‘xtatish va desensibilizatsiyalovchi terapiya o‘tkazish zarur. Anafilaktik shok belgilari paydo bo‘lsa, bemorni bu holatdan chiqarish uchun zudlik bilan choralar ko‘rilishi kerak. Preparat bilan uzoq muddat davolashda zaiflashgan bemorlarda preparatga chidamli mikroorganizmlar (xamirturushga o‘xshash zamburug‘lar, grammanfiy mikroorganizmlar) sababli superinfeksiyalar rivojlanishi mumkin. Bunday bemorlarga bir vaqtda B va S vitaminlari buyurish, zarurat tug‘ilganda nistatin yoki levorin berish maqsadga muvofiq.
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan, aminopenitsillinlarga mansub yarim sintetik penitsillinlar guruhi antibiotigi. Bakterisid ta'sir ko'rsatadi. Quyidagi gram-musbat mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar bundan mustasno), Streptococcus spp. (shu jumladan St. Pneumonie), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis, anaerob spor hosil qiluvchi mikroorganizmlar (Clostridium spp.). Shuningdek, ko'plab gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Salmonella spp., Shigella spp., Proteus spp., Escherichia coli, Klebsiella spp., Haemophilus influenzae, Bordetella pertussis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis. Preparat penitsillinaza ta'sirida parchalanadi va shuning uchun penitsillinaza hosil qiluvchi patogen shtammlarga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetika
Parenteral (mushak ichiga va tomir ichiga) yuborilganda preparat tezda tizimli qon aylanishiga so'riladi, qonda yuqori konsentratsiyalarda kuzatiladi. Preparat organizm to'qimalari va suyuqliklariga yaxshi kirib boradi, terapevtik konsentratsiyalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarda aniqlanadi. Gematoensefalik va platsentar to'siqlardan o'tadi. Preparatning yuqori konsentratsiyalari o'tda aniqlanadi. O'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 1,5-2 soat. Ampitsillin natriy tuzi takroran yuborilganda kumulyatsiyalanmaydi, bu uni katta dozalarda va uzoq muddat qo'llash imkonini beradi.
Qo'llash uchun ko'rsatmalar
Preparat sepsis, septik endokardit, meningit, nafas yo'llari infeksiyalari (pnevmoniya, surunkali bronxit, o'pka abssessi va boshqalar), siydik va o't yo'llari infeksiyalari (pielonefrit, pielit, tsistit, xolangit, xoletsistit), teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari va antibiotik ta'siriga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa kasalliklarda qo'llaniladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Ampitsillin natriy tuzi tsefaleksin, oksatsillin, aminoglikozidlar, polimiksin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ampitsillinning antimikrob ta’sir doirasi kengayadi va uning samaradorligi oshadi. Tsimetidin ampitsillinning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Bunday hollarda qon plazmasida jigar transaminazalari faolligini muntazam nazorat qilish zarur. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.