-
Tarkibi
1 ml eritmada quyidagilar mavjud:
faol modda: sorbitol 60,0 mg, natriy laktat (100% modda hisobida) 19,0 mg, natriy xlorid 6,0 mg, kalsiy xlorid digidrat (kalsiy xlorid hisobida) 0,1 mg, kaliy xlorid 0,3 mg, magniy xlorid geksagidrat (magniy xlorid hisobida) 0,2 mg;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv.
Nazariy osmolyerlik - 891 mOsmol/l; pH 6,00-7,60.
Ion tarkibi: 1 l preparatda: Na+ - 272,20 mmol, K+ - 4,02 mmol, Ca++ - 0,90 mmol, Mg++ - 2,10 mmol, Cl- - 112,69 mmol, Lac- - 169,55 mmol.
-
Qo'llanilishi
kapillyar qon aylanishini yaxshilash uchun travmatik, operatsion, gemolitik, toksik va kuyish shokini oldini olish va davolash maqsadida;
o'tkir qon yo'qotish, kuyish kasalligi, intoksikatsiya bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda;
surunkali gepatitning zo'rayishi, sepsisda;
operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davrda;
arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun tromboz, tromboflebit, endarteriit, Reyno kasalligini oldini olish maqsadida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. Reosorbil-SEEM alkalozda, shuningdek, katta hajmdagi suyuqlik quyish mumkin bo'lmagan holatlarda (miya ichiga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya, dekompensatsiyalangan yurak nuqsonlari, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanish, oliguriya holatlarida qo'llanilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Reosorbil-SEEM kattalarga tomir ichiga tomchilab 40-60 tomchi/min tezlikda yuboriladi. Zaruriyat tug‘ilganda preparatni tomchilab yuborish orqali 30 tomchi/min tezlikda sinov o‘tkazilgandan so‘ng, oqim bilan yuborishga ruxsat etiladi. 15 tomchi yuborilgandan so‘ng preparatni qo‘llash to‘xtatiladi, 3 daqiqadan so‘ng reaksiya bo‘lmasa, Reosorbil-SEEM oqim bilan yuboriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Immun tizimi tomonidan: anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, gipetermiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, nafas qisishi, akrosianoz.
Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan o‘zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishish hissi.
Ovqat hazm qilish tizimi buzilishlari: ko‘ngil aynishi, qusish.
Umumiy buzilishlar: yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va kuydiruvchi hissi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Reosorbil-SEEM reologik, qarshi shok, detoksikatsion, shuningdek, ishqoriylashtiruvchi ta'sirga ega va ichak peristaltikasini stimulyatsiya qiladi. Preparatning asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktat hisoblanadi. Jigarida sorbitol avval fruktozaga aylanadi, u esa keyinchalik glyukozaga, so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi zudlik bilan energiyaga bo‘lgan ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi esa zaxira sifatida glikogen ko‘rinishida to‘planadi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregant ta'sirga ega va shu tarzda mikrosirkulyatsiya va to‘qimalar perfuziyasini yaxshilaydi.
Bikarbonat eritmasidan farqli o‘laroq, natriy laktat yordamida metabolik atsidozni korreksiya qilish uning almashinuv jarayoniga qo‘shilishi bilan sekinroq sodir bo‘ladi, pHning keskin o‘zgarishlari yuzaga kelmaydi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan 20-30 daqiqa o‘tib namoyon bo‘ladi.
Natriy xlorid rehidratatsion ta'sirga ega. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari yetishmovchiligini to‘ldiradi.
Kalsiy xlorid kalsiy ionlari yetishmovchiligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to‘qimasining shakllanishi, qonni ivitish jarayonlari uchun zarur. Hujayra va tomir tarmog‘i o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishini oldini oladi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.
Kaliy xlorid suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta'sirga ega, yuqori dozalarda esa manfiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta'sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ asab tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘atadi. Mushak distrofiyasi, miasteniya holatlarida skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Sorbitol tezda umumiy almashinuvga qo‘shiladi, uning 80-90% jigarda utilizatsiya qilinadi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi, 5% miya to‘qimalari, yurak mushagi va skelet mushaklarida to‘planadi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Qon tomir ichiga yuborilganda natriy laktatdan natriy, SO2 va H2O ajralib chiqadi, ular natriy bikarbonat hosil qiladi, bu esa qonda ishqoriy zaxiraning oshishiga olib keladi. Kiritilgan natriy laktatning faqat yarmi (L izomer) faol hisoblanadi, ikkinchi yarmi (D izomer) metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi. Natriy xlorid qon tomir tizimidan tezda chiqariladi, faqat vaqtincha aylanib yuruvchi qon hajmini oshiradi. Diurezni kuchaytiradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari uchun erituvchi-tashuvchi sifatida ishlatish mumkin emas.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat kislota-ishqor holati va qonni elektrolitlari, jigar funksional holati va arterial bosim ko'rsatkichi nazorati ostida qo'llaniladi. Kalkulezli xoletsistit bilan kasallangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak.
Preparat tarkibida sorbit mavjud, shuning uchun kam uchraydigan irsiy fruktozani o'zlashtira olmaslikda bu preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanishi
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llashga qarshi ko'rsatmalar haqida ma'lumotlar yo'q.
Bolalar
Bolalarga yuborish tajribasi haqida ma'lumotlar yetarli emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Preparat statsionar sharoitda qo'llanilgani sababli, bunday ta'sirlar haqida ma'lumotlar yo'q.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llash mumkin emas va uni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Alkaloz holatlari yuzaga keladi, ular preparat yuborilishini darhol to'xtatish sharti bilan tezda mustaqil ravishda yo'qoladi, ba'zan kollaps, suvsizlanish (diurez kuchayishi hisobiga) kuzatiladi. Yuborish tezligi oshirilganda taxikardiya, arterial bosimning oshishi, nafas qisishi, bosh og'rig'i, ko'krak orqasida og'riq, qorin og'rig'i rivojlanishi mumkin. Ko'rsatilgan simptomlar eritma yuborilishini to'xtatish yoki tezligini sezilarli darajada kamaytirgandan so'ng tezda yo'qoladi.